Foydali

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar

Aytishlariga qaraganda, Shotlandiya qirolichasi Mariyaning sovuqdan shamollagan tomogʻini davolagan tabib apelsin poʻstlogʻiga unchalik yirik boʻlmagan shakarni qoʻshib, oshpazga beradi. Oshpaz uni kasal uchun mazali hamda shirin qilib qaynatib beradi. Mariye est Malade (betob Mariya)- deya atalgan shifobaxsh va mazali damlamaga shunday nom beriladi. Biroq Portugal tilidan “marmelad” soʻzi  tarjima qilinganda “qaynatma” maʼnosini anglatar ekan.

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar

Marmelad kuchli antedepressant hisoblanadi. Eng muhimi- uning tabiiy mahsulotlardan tayyorlanishidadir. Toʻgʻri tuzilishga ega boʻlgan, jeleli damlamani isteʼmol qilsangiz, siz huddi “agar-agar”ning (baʼzi suv oʻsimliklaridan tayyorlangan moddaning) taʼmini sezasiz. “Agar-agar” insonning jigar hamda buyragini tozalashga yordam beradi.

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar

Quyida mevalardan tayyorlangan marmelad qanday tayyorlanishi va ularning foydali hususiyatlari xususida toʻxtalib oʻtamiz.

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar

Limonli marmeladni 5 daqiqa davomida oʻrtacha olovda qaynatib olamiz. Ushbu marmeladni ayniqsa qizlarimiz isteʼmol qilishlari maqsadga muvofiq. Sababi, ushbu shirinlik soch va tirnoqlarga jilo beradi hamda togʻay toʻqimalarni mustaxkamlaydi.

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar

Shifokorlarning aytishlaricha, limondan tayyorlangan marmelad xolesterinni tushirib, oshqozo-ichak kasalliklaridagi zaharli moddalarni bartaraf etadi.

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar

Apelsinli marmeladni tayyorlash uchun bizga 2 ta apelsin va bitta apelsin poʻsti, 300 gramm shakar kerak boʻladi.

Maydalangan apelsinga shakar hamda apelsin poʻstini sirlangan idishda qoʻshib, 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi.

Greyfrutdan marmelad tayyorlash uchun greyfrutdan tayyorlangan sharbatni olasiz. Soʻngra sharbatga jelatin qoʻshib aralashtirasiz. Tayyor boʻlgan massani toʻrt soatga sovutgichga qoʻying. Qarabsizki greyfrutli marmelad tayyor!

Marmeladning kelib chiqish tarixi, tayyorlanish jarayoni va u haqidagi maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar