Jinoyat va jazo: paradoksal jinoyatlar va ulardagi chalkashlik

Germaniyada qamoqdagi mahbusning qochishga urinishi jazolanmas ekan. 1880 yilda sud mahbuslarning qochishini – ozodlikka intilish, deya baholadi, bu esa insoniylikning asosiy instinktlaridan biridir. Ammo shuni aytib oʻtish kerakki, qoʻlga tushgan qochoqlar baribir aralash ayblovlar bilan jazolanadilar, bular: mol-mulkka zarar yetkazish (masalan, reshotkalarning arralanishi), oʻgʻrilik (axir qochoq qamoqxonaning kiyimida qochadiku), zoʻravonlik (agar mahbus qochish jarayonida qoʻriqchilarga tajovuz qilsa), poraxoʻrlik.

1897 yilda AQSH da Zona Xister ismli ayol oʻz uyida oʻlik holda topildi. U uyda turmush oʻrtogʻi Edvard Shu bilan birga yashar edi. Dafn marosimidan keyin Zonaning onasi politsiyaga murojaat qilib, uning huzuriga qizining arvohi kelganini, u eri tomonidan boʻgʻib oʻldirilganligini va boʻyni ham singanini aytgan. Marhumaning onasi politsiyachilarni jasadni qayta qazib olib, boshqatdan tekshiruv oʻtkazishga koʻndirdi. Tekshiruv natijalari Zonaning onasi haq ekanligini koʻrsatdi, marhumaning boʻyni haqiqatdan ham singan hamda unda barmoq izlari bor edi. Tez orada Edvard hibsga olindi va uzoq muddatga qamaldi.

1993 yildan boshlab Germaniya, Frantsiya va Avstriya hududlarida 40 ta bir-biri bilan qandaydir bogʻliq boʻlgan jinoyatlar sodir boʻlgan, ulardan 6 tasi qotillik. Gap shundaki, jinoyat joyi yoki qurbonlarning tanalarida bir ayolning DNK namunalari aniqlanavergan.Biroq politsiya bu jinoyatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni hech ham aniqlay olmagan – turli yoʻl bilan oʻldirilgan turli qurbonlar, jinoyat joylari bir-biridan juda uzoqda. Qanaqasiga? Oradan 16 yil oʻtgandan keyingia bu jinoyatlar bir-birlari bilan haqiqatdan ham bogʻliq emasligi tasdiqlangan. Aniqlanishicha, jinoyat joyida DNK tahlIlini oʻtkazish uchun paxta tayoqchalari orqali namunalar olingan, Avstriya fabrikalaridan birida ishlab chiqarilgan ushbu paxta tayoqchalar esa qadoqlash jarayonida qadoqlovchi ayolning DNK si bilan zararlangan boʻlgan ekan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



