Sizning hayolingizga ham kelmagan gʻaroyib faktlar


Gap ananasning shirasi koʻpayishida emas, bizning mazani qanday qabul qilishimizda. Osh tuzi mahsulotlarning achchiq va taxir mazasini kamaytirish xususiyatiga ega. Shuning uchun u ananasga qoʻshilganda, u taxirini kamaytiradi. Miyaga biz achimsiqroq narsa yeganimiz haqida signal yetib bormagandan keyin, shirinlikni yaxshiroq qabul qilamiz.

Uyqu vaqtida miya aksa urish refleksini blokirovka qiladi. Agarda siz uxlayotganingizda havoda chang, patlar uchib yursa, yoki yoningizda mushuk yotsayu, unga nisbatan allergiyangiz boʻlsa, aksa urish uchun siz albatta uygʻonib ketasiz.

Sizning lotereyadan narsa yutib olish imkoniyatingiz 195 mln ga 1 ta, meteorit, asteroid yoki kometa zarbasidan halok boʻlish ehtimoli esa 600 000 ga 1 ta.

Inson DNK si shimpanzeniki bilan 96% ga oʻxshashligi hech kimga sir emas, bundan hech kim hayratga tushmaydi ham. Biroq yana bir aql bovar qilmas fakt bor: biz banan DNK si bilan 60% ga oʻxshar ekanmiz.

Arxitektura professori oʻquv vositasini yaratishni xohladi va u Rubik kubini yaratishda muvaffaq boʻldi. 2018 yil iyun holatiga koʻra, uni yigʻish boʻyicha jahon rekordi 4,22 sekundni tashkil etadi, ammo uni yigʻish uchun muallifning oʻzi bir oydan koʻproq vaqt sarflagan. Shunday qilib, agar siz Rubik kubini toʻplashingiz uchun koʻp vaqt kerak boʻlayotgan boʻlsa, tushkunlikka tushmang!

Keti va Emi Jons-Elliot 87 kun farq bilan tugʻilgan egizaklardir. 2012 yilda ularning homilador onasi – Mariyani muddatidan 4 oy avval toʻlgʻoq tuta boshladi va u Emini tugʻadi, ammo Keti yana 3 oy ona qornida qolishga muvaffaq boʻladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



