Dunyoni tashvishga solgan koronavirus haqida 7 ta fakt


Koronavirus guruhi ilk bor 1960 yilda aniqlandi. Olimlar koronaviruslar parranda va uy chorva mollarining nafas yoʻllarini zararlashini aniqlaganlar. Endilikda bu virus dengiz hayvonlariga ham oʻtishi aniqlandi. 2019-nCov koronavirusi Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozoriga kirib borgan. Taxmin qilishlaricha, virus yaxshi ishlov berilmagan ilonli delikateslar orqali insonga yuqqan.

Koronavirus – bu 39 xil virusdan iborat viruslar guruhidir. Koronavirusning katta qismi faqat hayvondan hayvonga oʻtadi, yana bir qismi hayvondan insonga oʻtishi mumkin, ammo boshqa tarqalmaydi. 2019-nCov virusi esa insondan insonga oʻtadigan birinchi koronavirusdir.

2019-nCov – yangi virus. Unga qarshi dori hali ishlab chiqilmagan. Bu narsa koronavirus molekulalari inson organizmida oʻzini qanday tutishi nomaʼlumligi bilan bogʻliqdir.
Virusdan kasallanganlarning 1% i halok boʻlmoqda
Maʼlumotlarga qaraganda, 2019-nCov koronavirusidan zararlanganlarning 99 % tuzalib, oyoqqa turib ketmoqda. Ammo tuzalganlarning kelajakda hayot davomiyligi va yashash sifati qanday boʻlishi nomaʼlum. Undan tashqari statistika vahima keltirib chiqarmaslik uchun qisqartirib koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.

Epidemiya Xitoyga birinchi marta kirib kelayotgani yoʻq. Mamlakatning pandemiya bilan kurashda katta tajribasi bor. 2003 yilda koronavirusga oʻxshash atipik pnevmoniya xitoyliklarni zararlagan edi. Oʻshanda butun dunyo Xitoy aholisining qirilib ketishini bashorat qilgan edi. Ammo Xitoy hukumati 7 kun ichida kasallanganlar uchun maxsus shifoxona qurib, barcha eng yaxshi shifokorlarni jalb qilib, yovuz virusni ildizi bilan yoʻq qilib yuborgan edi.

Koronavirus faqatgina tirik organizmda yashab, koʻpayadi. Jonsiz muhitda virus halok boʻladi. Agarda siz Xitoy internet-magazinidan mahsulot buyurtma qilsangiz, posilka orqali zararlanish xavfi judayam past, hattoki kasal xodim sizning mahsulotingizning qadogʻiga qarab aksirgan boʻlsa ham.

Oddiy qoidalarga amal qilishni oʻzi kifoya – koʻchadan kelgandan keyin qoʻllarni yuvish, jamoat joylarida tutqich, dasta va suyanchiqlarni ushlamaslik, jamoat transportlarida yurgandan keyin qoʻllarni spirtli salfetkalar bilan artish.Yodda tuting: virus dezinfektsiya vositalariga qarshi chidamsiz.
Shuningdek, vaqtinchalik import goʻsht va baliq mahsulotlaridan voz kechish tavsiya qilinadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan goʻsht xarid qilganingizda, ularni yaxshilab yuvib, tobiga yetkazib qovurib oling. Yoʻtalayotgan va aksa urayotgan odamlar bor joyda himoya niqoblaridan foydalaning.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



