Foydali

Lavlagining foydali xususiyatlari, salomatlik va goʻzallikdagi oʻrni haqida

Lavlagining foydali xususiyatlari, salomatlik va goʻzallikdagi oʻrni haqida

Lavlagida turli vitaminlar, mineral moddalar, bioflavonoidlar koʻpligi uchun ham uning shifobaxsh hususiyati talaygina. Qizil lavlagi xalq tabobatida keng qoʻllaniladi. Tanaga quvvat bagʻshlaydi, ovqat xazmini va modda almashinuvini yaxshilaydi.

Lavlagida C vitamini, mis va fosfor koʻp. U organizmdagi toksinlar bilan kurashadi. Ildizmeva barglarida A vitamini koʻp.

Oshqozonida kislotaliligi koʻp boʻlganlar yoki meʼdasi zaiflarga lavlagi tavsiya etilmaydi.Semirishdan qiynalayotganlarga boʻlsa lavlagining koni foyda. Lavlagi nafaqat buyraklarni, balki jigar va qonni ham tozalaydi. 

Lavlagining foydali xususiyatlari, salomatlik va goʻzallikdagi oʻrni haqida

B9 vitamini lavlagi tarkibida mavjudligi bois u yurak kasalliklarini oldini oladi. Gemoglobin ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi, natijada anemiya, leykemiya kabi kasalliklarni davolashda yaxshi foyda beradi. Lavlagi yoshartiruvchi hususiyatga ega. Chunki unda foliy kislotasi koʻp, foliy esa yangi hujayralarni paydo boʻlishiga yordam beradi.

Lavlagi pektin moddasiga ham boy. Shu sababli ogʻir metallardan radioaktiv zaharlanishning oldini oladi, pektin moddalari shuningdek, organizmdan holesterinni chiqarib yuborish va ichakdagi zararli mikroorganizmlarning koʻpayishini susaytiradi.

Tarkibida temir va mis koʻp boʻlgani uchun qon hosil qilish hususiyati ham mavjud.

Pektin moddasi hisobiga lavlagi qabziyatga daʼvo boʻladi. Surunkali ich qotishidan qiynaluvchilar har tong lavlagi sharbatini qabul qilishi lozim.

Lavlagining foydali xususiyatlari, salomatlik va goʻzallikdagi oʻrni haqida

Qirgʻichdan chiqarilgan lavlagi, sabzi va mayda toʻgʻralgan karamni teng miqdorda aralashtirib, ustidan koʻkat sepib, zaytun yogʻi qoʻshib tayyorlansa, juda hushtaʼm boʻlishi bilan birga, ich qotganda ham yaxshi foyda beradi.

Suyuq taomlarga chayilgan lavlagi bargi qoʻshilsa, rangi tiniqlashadi.

Qaynatilgan lavlagini qirgʻichdan chiqarib, ezilgan sarimsoq va koʻkatlar, shuningdek oʻsimlik yogʻi bilan aralashtirib, isteʼmol qilish kamqonlikda asqotadi.

Lavlagining foydali xususiyatlari, salomatlik va goʻzallikdagi oʻrni haqida

Lavlagini pishirishda avval sabzavot yaxshilab chayib olinadi. Rangini yoʻqotmasligi uchun uni poʻstini artmay qaynating. Lavlagini zarqogʻozga oʻrab gaz pechida pishirsa ham boʻladi.

Sabzavotni qorongʻi va sovuq joyda bir necha hafta saqlash mumkin. Lavlagi burushib qolganida uni tashlab yuborishga shoshilmang. Sovuq suvda chayib, soʻng ozroq tuz solingan suvda qaynatib olsangiz, isteʼmol uchun yaroqli koʻrinishga keladi.

Lavlagining foydali xususiyatlari, salomatlik va goʻzallikdagi oʻrni haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar