Sayohat

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

Emma Stoundan boshlaylik, chunki bu aktrisa yaqinda haqiqiy Gollivud yulduziga aylandi va allaqachon uslublar ikonkasi unvonini olishga muvaffaq boʻldi. Va bu ajablanarli emas! 2016 yilda marosim uchun tanlagan soch turmagiga qarang: yarim yigʻilgan turmak, yengil jingalak va yorqin rang. Oddiy, xashamdor va zamonaviy obraz!

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

Britaniyalik aktrisa 2019 yilda ikkinchi marta "Oskar" mukofoti uchun qizil gilamga chiqdi. Sochi bob uslubida kesilgan, 20-yillarning uslubidagi jingalak qilingan koʻrinishda. Ushbu obraz Lyusini dunyoga uslub ikonasi sifatidatanilishiga sabab boʻldi. Endi uning goʻzallik uslubi butun dunyo boʻylab minglab moda bloggerlari va moda shaydolari tomonidan takrorlanadi.

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

Zendaya Oskarning eng zamonaviy koʻrinishli yulduzlaridan biriga aylandi. Uning 2018 yilgi qiyofasi moda va goʻzallik dunyosini zabt etdi.Yuqoriga yigʻilgan soch zamonaviy va beqaror koʻrinadi. Agar siz zamonaviy soch turmagini yaratishni istasangiz, unda turmakka zamonaviy aksessuarlarni uygʻunlashtiring.

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

Natali Portman 2005-yilda yigʻilgan soch turmagi bilan boshga aksessuar tanladi. Shundan soʻng ushbu aksessuar keng ommalashgan. Natali Portman toshlar bilan bezatilgan aksessuarni nafis soch turmagiga ajoyib koʻrinish baxsh etish uchun tanlagan.

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

Ushbu aktrisa allaqachon bir necha bor eng nufuzli film mukofotiga nomzod boʻlgan. Uning isteʼdodi shubhasizdir va uslubi butun dunyo boʻylab moda ustalarini hayratga soladi. Keyt klassik uslubni yaxshi koʻradi va goʻzalligini qanday taʼkidlashni biladi. Bu obrazida yengil jingalak sochlari betakror koʻrinishiga sababchi boʻlgan desak sira adashmaymiz.

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari

Jennifer Lourens 2013 yilda nafis obrazni yaratdi. Barcha yaxshi biladiki, aynan ushbu uslub sira ham urfdan chiqmaydi. Aytgancha, bu turmak 2020 yilgi qish uchun eng chiroyli 10 ta toʻy soch turmaklaridan biriga aylandi.

"Oscar" taqdimot marosimi tarixidagi eng qoyilmaqom soch turmaklari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar