Sogʻliq uchun eng xavfli ziravorlar


Birinchi zararli ziravor – bu oddiy osh tuzi. Tuz qon tomirlariga salbiy taʼsir qiladi, qon bosimini oshirib, gipertoniya kasalligiga olib keladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kuniga 5 grammdan ortiq tuz istemol qilmaslikni tavsiya qiladi. Sogʻligʻingizni yaxshi saqlash uchun, ushbu maslahatlarga amal qiling.

Odatda "oq oʻlim" deb nomlanadigan yana bir mahsulot. U modda almashinuvini buzadi, qandli diabet va tish kariesiga olib keladi. Toʻgʻri shakar glyukoza manbai hisoblanadi, biroq mutaxassislar glyukozani tabiiy mahsulotlar – mevalar va asaldan olishni tavsiya etadilar.

Mayonez salomatlik uchun eng zararli souslardan biri ekanligiga shubha yoʻq. Buning sababi, doʻkon mayonezining tarkibida juda koʻp miqdorda yog ʼva zararli qoʻshimchalar mavjud. Agar siz mayonez bilan salatlarni yoki shunchaki mayonezni oʻzini isteʼmol qilishni yaxshi koʻrsangiz, vaqt ajratib, tuxum va zaytun yogʻidan oʻzingiz mayonez sousini tayyorlang. Shunda siz jigaringizga kamroq zarar yetkazasiz va taomdan koʻproq foyda olasiz.

Soya oʻsimligida zararli narsa yoʻqdek tuyuladi. Ammo, afsuski, biz sushi bilan istemol qiladigan sevimli sousning zarari yoʻq emas. Ushbu sousda kunlik isteʼmol qilinadigan tuz miqdorining 36%i mavjud.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



