Qiziqarli

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model

Xalimaning bolalik chogʻlari unchalik ham betashvish oʻtmadi. U Keniya va Somali chegaralaridagi qochoqlar lagerida dunyoga kelgan. 7 yoshligida AQShga koʻchib keladi va bu yerda ham uning oilasi qiyinchiliklarga duchor boʻladi.  Ularning imkoniyatlari har tomonlama chegaralangan edi. 

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model

1925 yildan buyon oʻtkazib kelinadigan “Minnesota goʻzali” tanlovi uning modellik faoliyatini boshlab bergan. Saxnalarda Xalimaning roʻmol bilan paydo boʻlishi eʼtiborsiz qolmadi. Bu tanlovdagi ilk roʻmolli musulmon qiz edi. Tanlovning bir qismi boʻlgan choʻmilish kiyimlari namoyishida Xalima musulmon ayollar uchun moʻljallangan qoʻl va oyoqlarni yopib turadigan choʻmilish kiyimida chiqib keldi. Zalda qarsaklar ovozida jaranglab ketdi. Ertasi kuni barcha yangiliklar moda olamidagi bu voqeani yorita boshlashdi.

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model

Yeezy kolleksiyasi namoyishida ilk bor podiumga qadam qoʻydi. Unda uzun koʻylak bilan koʻrinish berdi. Namoyishda boʻlganlarning soʻzlariga qaraganda Xalima ilk chiqishi boʻlishiga qaramay, podiumda oʻzini huddi professional model kabi tuta olgan va hatto Kendall Jenner, Bella Xadid singari omadli modellarni ham biroz asabiylashtirib qoʻygan. 

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model

Xalima Aden moda olamida paydo boʻlishi bilan Jiji Xadid, Jizel Bundxen kabi modellar bilan ishlovchi modellar agentligi u bilan shartnoma tuzishga shoshildilar. Xalima taklifni qabul qildi va darxol Karin Roytfeld taklifi bilan CR Fashion Book jurnali uchun suratga tushdi.

Atrofdagi barcha hodisa uni xayratga solib qoʻydi, chunki u bunday muvaffaqiyat haqida oʻylamagan edi-da.

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model

Tanlovga qadar Xalima koʻplab tadbirlarda musulmon ayollarga tegishli mavzularda chiqish qilgan. U mazkur maqsadini moda olami koʻmagi bilan amalga oshirmoqchi boʻlayotgani rost.

“Bu mening shaxsiy tanlovim edi. Onamdan menga roʻmol berishlarini iltimos qilganman. Men onamga oʻxshashni va oʻz denim bilan yashab, uni kuchli sevishni istardim” deydi Xalima Aden. 

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model

Allure bilan hamkorlikda ishlagan Xalima uning mutaxassislarida ham katta taassurotlar qoldirgan.

Xalima moda olamiga kirib kelgan ilk kundan boshlab katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining koʻpchiligi uni qoʻllab quvvatlay boshlashdi.

Xalima Aden: mashhurlikka erisha olgan roʻmolli top model
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar