Smartfonlarni quvvatlantirish jarayonidagi muhim 6 qoida

Smartfondan foydalanishdagi eng toʻgʻri usuli - bu uni kam-kamdan quvvatlantirishga qoʻyishdir.

Telefonning quvvati o%ga tushib ketguniga qadar ishlatib yurish mumkin emas. Imkon qadar soʻnggi ikki foizligida uni oʻchirib qoʻying.

Hech qachon telefoningizni toʻliq 100% boʻlguniga qadar zaryadlamang. Batareya toʻliq zaryad olmasidan zaryadlashni toʻxtating. Ayniqsa qurilmani noldan zaryadlayotgan boʻlsangiz bu narsaga jiddiy eʼtibor qarating.

Telefoningizni tuni bilan zaryadlangan holda qoldirmang.

Quvvatni 65%dan 75% gacha boʻlgan darajada saqlab turishga harakat qiling.

Smartfon kuchli planshet quvvat manbaidan tezroq quvvat oladi. Ammo doimiy ravishda bajarilgan bunday amaliyot batareyalarni ishdan chiqarishi mumkin.

Telefon akkumlatorini salqin tuting, uni quyoshdan va isitish vositalaridan uzoqroqda saqlang.
Mobil qurilmadan oʻyinlarni (Pokemon Go kabi) yoki kuchli funksiyalarni bajarishni istasangiz, yetarlicha akkumlatorga ega telefonlarni tanlang.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



