Foydali

Vahima epidemiyasi: Koronavirusdan qoʻrqmaslik, hotirjamlikni saqlash va ehtiyot choralari haqida...

Vahima epidemiyasi: Koronavirusdan qoʻrqmaslik, hotirjamlikni saqlash va ehtiyot choralari haqida...

Bugungi kunda koronavirus bemorlarining aksariyati tuzalib ketgani, oʻlim koʻrsatkichlari haddan tashqari katta emasligi, Xitoy ushbu kasallikni yenga olgani haqida unutmang. Ushbu holatda insonlarning vahimaga berilishlari hech narsani oʻzgartira olmaydi, balki vaziyatni yanada murakkablashtirib yuboradi. Sizdan talab etiladigan narsa - ushbu muammoga boʻlgan qarashlaringizni oʻzgartirishdir. Yangiliklar orqali berib borilayotgan salbiy narsalarni, vahimali yolgʻonlarni oʻqimaslikka harakat qiling. Pashshadan fil yasovchi, vahimachi insonlar bilan soʻzlashmang. 

Vahima epidemiyasi: Koronavirusdan qoʻrqmaslik, hotirjamlikni saqlash va ehtiyot choralari haqida...

Shuni tushunib olish kerakki, virus faqatgina havo-tomchi yoʻli orqali emas, kir koʻllar va ushbu qoʻllar bilan koʻzlarga teginish orqali ham yuqib qolishi mumkin. Koronavirusdan himoyalanishning eng oddiy va samarali usuli - qoʻllarni sovun bilan tez-tez, 20 soniya davomida obdon yuvishdir. Qoʻllaringiz kir boʻlsa koʻz, burun, yuz va ogʻiz qismlariga teginmang. Toʻgʻri, ushbu qoidalarga amal qilish birozgina qiyin boʻlishi mumkin, ammo bir necha kun ehtiyotkorlikka befarq boʻlmasangiz, ular odat tusiga kiradi.

Vahima epidemiyasi: Koronavirusdan qoʻrqmaslik, hotirjamlikni saqlash va ehtiyot choralari haqida...

Karatin vaqtida uyda qoling, zarurat boʻlmagan holatlarda koʻchaga chiqmang.Uyingizda kichik yoshdagi bolalar boʻlsa ularning qoʻllarni sovun bilan yuvishlariga koʻmak bering. Ayni vaqtda hukumat vakillari koronavirusni tarqalib ketishiga qarshi kurashmoqdalar: kasallar karantinga joylashtirilgan, ularning atrofdagilar bilan muloqot qilishlari cheklab qoʻyilgan. Ushbu vaziyatga bosiqlik bilan yondoshish, qoidalarga amal qilish juda ham muhim. Shuni ham unutmangki, katta yoshli, surunkali kasalliklar bilan ogʻriydigan, yurak-qontomir kasalliklariga moyil boʻlgan insonlar eng xavfli guruhga mansub boʻlib turibdilar. Oila aʼzolaringiz orasida shunday insonlar boʻlsa, ularni imkon qadar himoya qiling, koʻchaga zaruratsiz chiqishlariga imkon bermang.

Vahima epidemiyasi: Koronavirusdan qoʻrqmaslik, hotirjamlikni saqlash va ehtiyot choralari haqida...

Koronavirusdan himoyalanish uchun immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlardan koʻproq isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Sport haqida ham unutmang, koʻchaga chiqqan vaqtda niqob taqib yuring. Oddiy hamda oson usullar bilan, extiyotkorlik choralariga toʻgʻri amal qilgan holatda ushbu kasallikdan oʻzingiz hamda oila aʼzolaringizni himoya qila olasiz!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar