Foydali

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar

Bu borada eng yaxshi yordamchi gigienik lab boʻyogʻi va vazelin hisoblanadi. Ularning birini labingizga qalin qilib surting va bir necha daqiqadan keyin barmoq bilan uqalang. Soʻng salfetka yoki paxta yordamida artib tashlang.

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar

Lablarga jozibadorlik bagʻishlovchi bir necha mashqlar bor. Ular labingiz salomatligi va goʻzalligini asrashga hizmat qiladi.

“O”, “U”,“A”,”I” xarflarini bir necha bor talaffuz qiling.

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar

Qarshingizda yonayotgan sham bor deya tasavvur qiling. Lablaringizni choʻzib ularni oʻchirishga harakat qiling. Sekin puflang, soʻng lablaringiz bilan oʻzingizdan havoni haydang. Ushbu mashqni oʻn marotaba takrorlash lozim.

6 soniya davomida (kuchli) zarb bilan puflab turing. Soʻng lablarni boʻshashtirib ogʻzingizni oching.

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar

Tilingizni imkon boricha chiqarishga harakat qiling. Ushbu holatni 3 soniya davomida saqlang va tilingizni tortib boʻshashing. Mashqni 5 marta takrorlash kerak.

Xushtak chaling. Albatta, bu mashqni jamoat joyida emas, uyingizda bajarganingiz maʼqul.

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar

-         Bir choy qoshiq qaymoq shuncha miqdordagi tvorog bilan aralashtiriladi. Aralashmani lablar cheti bilan surtib chiqing. 10 daqiqadan soʻng yuvib tashlang.

-         Damlangan qora choyga paxtali tamponni botirib oling, lab ustiga joylashtirib 20 daqiqa yoting. Soʻng kompressni olib tashlang, lablarni chayib, oziqlantiruvchi yogʻ yoki boʻlmasa balzam surting.

-         Sariyogʻni bir oz eriting. Soʻng lablarga surtib taxminan bir daqiqa davomida uqalang. Bu muolaja uchun sariyogʻ oʻrniga asaldan ham foydalanish mumkin.

-         Asalni lablarga surtib, 10 daqiqadan soʻng iliq suv bilan yuvib tashlang.

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar

- Kuchli shamol va sovuqdan ehtiyot boʻling. Ular labingizda turli yoriqlar hosil qilishi mumkin.

- Doimiy ravishda gigienik lab boʻyogʻidan foydalanishni unutmang.

- Kuniga ikki litr suv isteʼmol qiling.

- Labingizni yalamang.

- Tunda lablaringizni tirnoqgul damlamasi bilan artishni kanda qilmang. 

Lab salomatligi va goʻzalligini saqlash borasida usullar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar