Avto

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

Yaponiyalik yosh dizayner va arxitektor Su Fudzimoto tabiatga uygʻun holatdagi ajoyib gʻoyalar bilan shugʻullanadi. Dizayner tomonidan yaratilgan ushbu avtobus bekati oppoq bambuk novdalarini yodga soladi, uning ichiga esa spiral shaklidagi zinalar joylashtirilgan. Bekat haqiqatan ham tabiatga xamohang koʻrinadi. Zina orqali yuqoriga koʻtarilgancha atrofni kuzatish imkoni ham bor.

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

Tumanli Albion oʻzining yomgʻirli havosi bilan mashhur, shu sababli avtobus bekatlarining biriga ulkan soyabon qurib qoʻyilgani juda ham ajoyib topilmadek koʻrinadi. Yomgʻir yogʻib turgan bir vaqtda ulkan soyabon ostiga transport kutayotgan bir nechta kishi sigʻa oladi. 

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

Norvegiyada har bir narsaga foyda jihatidan yondoshadilar, shu sababli avtobus bekatlarining biriga vazningizni oʻlchay oladigan tarozi funksiyasi birlashtirilgan. Inson oʻrindiqqa oʻtirgan vaqti tabloda uning ogʻirligini aks ettiruvchi raqamlar paydo boʻladi. 

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

Amerikaliklarning fast-fud mahsulotlariga boʻlgan muhabbatlari chegara bilmaydi. Shu sababli ham mazkur oʻlkada burgerlar pishirilayotgan ulkan gril shaklidagi bekatni koʻrib qolsangiz, hayratga tushmang. Menimcha, ushbu gʻoya burgerlar savdosi bilan shugʻullanuvchi biror firmaga tegishli.

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

Isroilda kutubxonali avtobus bekatlari mavjud ekani haqida bilasizmi? Kitob javonini yodga soluvchi bekatga kelib oʻzingizga yoqqan kitobni mutolaa qilishingiz va oʻqib boʻlgach, oʻz joyiga qaytarishingiz mumkin.

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

Yaponlarga hos boʻlgan minimalizm baʼzan bolalarga mos gʻoyalar bilan birlashtiriladi. Shu sababli ham bu oʻlkada nafaqat shisha hamda betondan, balki mevalar shaklini yodga soluvchi rangli bekatlarni ham uchratish mumkin. Bunday bekatda avtobus kutib turgan bolajonlar zerikib qolmasliklari tayin.

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari

BAAdagi avtobus bekatlarida texnologiyalar topqirlik bilan namoyish etiladi. Mahalliy sharoitda ob-havo harorati 45 gradusga teng, shu sababli avtobus bekatlarining har biriga konditsionerlar oʻrnatib chiqilgan/

Dunyodagi eng antiqa avtobus bekatlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar