Yer yuzidagi eng kuchli 7 ta hayvon


Fillarning vazni oʻrtacha 6 tonna, koʻtara oladigan yuki esa 9 tonnani tashkil etadi. Mazkur sut emizuvchi jonivorlar yer yuzidagi eng ogʻir yuk koʻtaruvchi hayvon hisoblanadi. Ammo vazn va yuk mutanosibligini hisobga oladigan boʻlsak, fillar oʻzining vaznidan bor-yoʻgʻi 1,7 barobar koʻproq yukni koʻtara olar ekan.

Yoʻlbarslar mushuksimonlar oilasining yirik namoyondalari, kattaligi boʻyicha sherlarni ham ortda qoldiradi. Ushbu yirtqich hayvon qudratli kuchga ega: panjasining zarbi bilan u yirik tuyoqli jonivorni ham oʻldirishi mumkin. Yoʻlbarslar oʻz vaznlaridan ikki barobar kuchliroq yuklarni ham koʻtara oladilar. Ha, hayvonlar podshohi, degan nom koʻproq mana shu hayvonga mos keladi.

Bu yirik qush oʻz vaznidan 4 barobar ogʻirroq oʻljani koʻtara oladi. Bu qush hattoki mayda tuyoqli jonivorlarga ham tashlanib, ularni olib ketishi mumkin.

Oʻrtacha 250 kg vaznga ega gorilla rivojlangan mushaklari yordamida 2 tonnagacha boʻlgan yukni bemalol koʻtara oladi. Bu uning shaxsiy ogʻirligidan 10 barobar koʻproq degani.

Kichkina demang bizni, koʻtarib iramiz sizni. Oʻzining kichkina hajmiga qaramasdan, chumoli dunyoda eng kuchli hayvonlardan biri, deb tan olingan. U oʻz vaznidan 20 barobar ogʻirroq yukni koʻtara oladi. Baʼzi turlari esa 50 barobar.

Bu qoʻngʻiz oʻz vaznidan 400 barobar ogʻirroq yukni koʻtara oladi. Goʻng qoʻngʻizlarining vazifasi goʻng tashishdan iborat. Ular vaznlari 2 gramm boʻlishiga qaramay, 50 gramm atrofidagi goʻngni yumaloq holga keltirib, u yoqdan-bu yoqqa tashiy oladilar.

Bu hasharotlar koʻzga tashlanmagani bilan ularni hayvonot olamining eng kuchli namoyondalari, deb bemalol aytish mumkin. Kana oʻz vaznidan 1000 barobar ogʻirroq yukni koʻtara oladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



