COVID 19 insoniyat tarixidagi oʻninchi pandemiya


Ushbu virus infektsiyasining keng miqyosda tarqalishi bir necha bosqichda sodir boʻlgan. 1870 yillarda u pandemiya darajasiga borib yetgan. Kasallik Shimoliy Amerika, Yevropa va Rossiyada ayniqsa ogʻir kechgan. Maʼlumotlarga koʻra, 500 million kishi mazkur kasallikning qurboniga aylangan.

Bu kasallik karantin guruhining oʻtkir tabiiy-oʻchoq infektsiya toifasiga kiradi. Vabo oʻta yuqumli boʻlish bilan birga yuqori oʻlim holatiga ham ega. Bubon turida 95% holda, oʻpka turida esa 98-99% oʻlim bilan tugagan. Qoʻzgʻatuvchisi vabo tayoqchasi. Bu kasallik ham bir necha bosqichda kelib chiqqan. Eng taniqlilari Yustinian vabosi (541-700 yillar), qora oʻlim (1346-1353 yillar) va uchinchisi pandemiya (1894-1904 yillar). Bunda kasallik asosan Xitoy va Hindiston aholisiga hujum qilgan.

Bu virus infektsiyasi odamzodni bir necha marotaba jarohatlab oʻtgan. Oxirgi tarqalishi 1962-1966 yillarga toʻgri keladi. U Indoneziyada boshlanib, Bangladeshgacha yetib borgan, Hindiston va Sovet Ittifoqiga kuchli zarba bergan.

Yuqori isitma va intoksikatsiya fonida ruhiy kasalliklar bilan kechadigan baʼzi yuqumli kasalliklarning umumiy nomi. Eng mashhurlari toshmali, qorin tifi va qaytalanuvchi tif. Birinchi jahon urushi paytida toshmali tifning keng miqyosli epidemiyalari tarqaldi. Masalan, Rossiya va Polshada ular bilan 30 millionga yaqin odamlar kasalllangan boʻlib, ulardan 3,5 millioni vafot etgan.

Nafas olish yoʻllarining oʻtkir yuqumli kasalligi, qoʻzgʻatuvchisi – oʻtkir respiratorli virusli infektsiyalar (ORVI)guruhiga kiruvchi virus. Baʼzan kasallikning vaqti-vaqti bilan tarqalishi sodir boʻlib, epidemiyalar va hatto pandemiya darajasigacha yetiladi. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda virusning barcha shtammlaridan mavsumiy epidemiyalar davrida dunyoda har yili 250 dan 500 minggacha - 65 yoshdan oshgan odamlar nobud boʻladi.
Olimlar eng keng tarqalgan beshta xavfli shtammlarni aniqlaganlar:
*Ispaniya grippi eng xavfli hisoblanadi. 1918 yilda pandemiya roʻy bergan. Oʻshanda kasallik 50-100 million odamning hayotiga zomin boʻldi;
*Osiyo grippi olimlari ham ogʻir virusli infektsiyalar deb tasniflanadi. Uning qurbonlari 70 000 odam.
*Gongkon grippi
*parranda grippi. Uning pandemiyasi 2003-2008 yillarda sodir boʻlgan. Qurbonlar 360 ming kishi.
*chochqa grippi 2009-2010 yillarda tarqalgan. Qurbonlar 16 ming nafar odam.
Yuqoridagi kasalliklardan tashqari sil, malyariya, moxov va SPID kasalliklari insoniyat tarixida pandemiya darajasiga yetkan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



