Sayohat

Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?

Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?

Ushbu mamlakatning koʻchalarida harbiy libos kiyib olgan va qoʻliga qurol tutgan qizlarni uchratishingiz tabiiy holat. Gap shundaki, Isroil mamlakatdagi harbiy vaziyat tufayli qizlarni ham harbiy xizmatga chaqiradi. Buning uchun ularning yoshi 18 ga toʻlgan boʻlsa kifoya.

Ammo, ularga boʻlgan talablar nisbatan qulayroq. Agar qizlar 18 yoshga toʻlgunlariga qadar turmushga chiqqan boʻlsalar, fuqaroning diniy eʼtiqodi bunga yoʻl bermaydigan boʻlsa, harbiy xizmatdan bosh tortishi mumkin. Isroilda yashovchi arab qizlari armiya safida xizmat qilishmaydi. Bundan tashqari, yigitlar 36 oy davomida harbiy xizmatda boʻlsalar, qizlarda majburiy xizmat muddati 21 oyni tashkil qiladi.

Isroil ayollarining 30% i armiya tarkibida xizmat qiladi. Ularning odatiy kunlari harbiy oʻquv muassasalaridagi oʻqish jarayonini yodga soladi. Qizlarga xizmat davomida oʻz uylariga borish va yaqinlaridan xabar olib kelish uchun ruxsat beriladi, kerakli pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantiriladi, oliygohga kirishda ham maʼlum imtiyozlarga ega boʻladilar. 

Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?

Ushbuyopiqmamlakatdagi ayrim qoidalar haqiqatan inson vahmini keltiradi. Odamlar harbiy xizmatda yillab qolib ketishlari mumkin. Erkaklar uchun xizmat qilish muddati 10 yil, ayollar uchun esa 7 yilni tashkil qiladi. Ushbu mamlakat oʻta sirli vayopiq boʻlgani uchun ham qizlarning qurolli kuchlar tarkibida qanday xizmat qilishlariga oid maʼlumotlar deyarli mavjud emas. 

Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?

Norvegiya hukumati 2014 yildan boshlab ayollarni ham erkaklar bilan teng huquqli ekanliklarini isbotlash maqsadida ularni armiyaga chaqira boshlagan. 2016 yildan esa qurolli kuchlar safida xizmat qiluvchi xonimlar soni koʻpaydi. Eng qizigʻi, bu yerdagi harbiy yigit va qizlar umumiy kazarmalarga joylashtiriladi. Mamlakat ayollari harbiy xizmatga bajonidil yoʻl oladilar, bu yerda harbiylarga har kuni eng kamida 15 dollardan maosh toʻlab boriladi, insoning jismoniy va ruhiy chidamliligi oshiriladi.

Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?

Shuningdek, dunyodagi yana bir qator davlatlar, jumladan Kuba, Peru, Tayvan, Malayziya, Xitoy, Liviya, Rossiyada ham ayollar va qizlar harbiylar safida xizmat qilishadi.

Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar