Qiziqarli

Zamonamizning eng koʻrkam shahzodalari

Zamonamizning eng koʻrkam shahzodalari

32 yoshli shahzoda Romanovlar sulolasining avlodi hisoblanadi. Agar Rossiya imperiyasi hamon mavjud boʻlganida Filippos uning hukmdori oʻrnini egallashi ham mumkin edi. Shahzoda Gretsiya qiroli Konstantin II ning oʻgʻli hisoblanadi. Uning onasi Daniya malikasi Anna-Mariya boʻlib, oqibatda Filippos ham Gretsiya, ham Daniya shahzodasi nufuziga ega. Shahzoda 16 yoshlik vaqtlari Gretsiyada joylashgan kollejni tamomlagach, AQSHga koʻchib ketgan va bu yerdagi Jorjtaun universitetida tahsil olgan. Ayni vaqtda hayriya ishlari bilan shugʻullanib keladi. 

Zamonamizning eng koʻrkam shahzodalari

Modellar kabi tashqi koʻrinishga ega boʻlgan shahzoda Konstanin-Aleksios ayni vaqtda 20 yoshda. U Gretsiya qirolining nabirasi, valiahd shahzodaning oʻgʻli hisoblanadi. Yigit bolalikdan AQSH hududida yashagani uchun ham amerikaliklarga xos tarbiya koʻrgan. Shahzoda Vellington kollejini tamomlagan, ayni vaqtda Amerika hududida yashaydi. 

Zamonamizning eng koʻrkam shahzodalari

Shahzoda Xusayn bugungi kunda kattagina nufuzga ega boʻlib ulgurgan. Uni odatda milliy libos kiygan holatda koʻrishingiz mumkin. Shahzoda gʻarb olami anʼanalarini ham juda yaxshi biladi. Xusayn Iordaniya qiroli oilasining toʻngʻich vakilidir. U AQSHda tahsil olgan boʻlib, Britaniya qirollik harbiy akademiyasini  ham tamomlagan. Iordaniya taxtining boʻlgʻusi sohibi davlat ishlarida bevosita ishtirok etib kelmoqda.

Zamonamizning eng koʻrkam shahzodalari

Bruney shahzodasi dunyodagi eng badavlat mamlakatning qirollik oilasida tavallud topgan boʻlishiga qaramay, haddan tashqari kamtar va uyatchan feʼl-atvor sohibidir.

Shahzoda hashamat dunyosida hayot kechirsa ham, oddiy odamlar bilan oʻta samimiy munosabatda boʻladi. Shahzoda Britaniya qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan, ayni vaqtda sport bilan muntazam shugʻullanadi. Bundan tashqari, Abdul Matin uchuvchi lizentsiyasiga ega, u istalgan turdagi harbiy samolyot hamda vertolyotlarni boshqara olishi mumkin.

Zamonamizning eng koʻrkam shahzodalari

Endigina 19 yoshga kirgan Daniya shahzodasi Nikolay modellik faoliyati bilan shugʻullanadi. U dunyoning yetakchi dizaynerlari tomonidan uyushtiriladigan namoyishlarda muntazam qatnashib kelmoqda.

Zamonamizning eng koʻrkam shahzodalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar