Koronavirus moda olamiga qanday taʼsir qilmoqda?

Yangi uslub eng avvalo yoshlar orasida ommalashib ketdi. Yoshlar tomonidan tanlangan niqoblarning aksariyati zamonaviy koʻrinishda, koʻk rang esa mavsum trendiga aylangan.
Misol uchun Ukrainaning "Love and live brand" brendi zamonaviy niqoblarni quvnoq printlar bilan birgalikda ishlab chiqarmoqda. Ammo, bir narsani unutib qoʻymang, ushbu aksessuarlar haqiqiy tibbiy niqob oʻrnini bosa olmaydi. Buni shunchaki marketing ayyorligi deya atash mumkin xolos.

Rossiyalik dizayner Viktoriya Andreyanova koronavirus avj olgan bir vaqtda niqob taqish - moda emas, zaruriyat ekanligini aytib oʻtgan. Biroq, ushbu vaziyat turli sohalarni ham yangiliklar qilishga majbur etmoqda. Ayrim dizaynerlar insonning tana haroratiga qarab oʻz rangini oʻzgartiruvchi matolar ustida ham ish boshlab yuborganlar, ulardan nafaqat libos, balki tana harorati testi yordamida ham foydalanish mumkin ekan.


Marine Serre fransuz brendining navbatdagi jamlanmasida esa himoya vositalarining chiroyli koʻrinishiga juda katta eʼtibor qaratilgan. Obrazlarga nafaqat bosh kiyimlari, balki niqoblar ham ilova qilindi. Har bir libos uchun mos boʻlgan niqoblar tikib qoʻyilgan. Ayrim dizaynerlar esa niqoblarni xonimlar sumkasiga mos rang va koʻrinishda tikib chiqmoqda.

Ayrim moda ekspertlari koronavirus ushbu sehrli olamga yangilik olib kira olgani haqida taʼkidlab oʻtgan boʻlsalar, ayrimlar pandemiya oqibatida insoniyatning moda tushunchasidan mahrum boʻlishini bashorat qilishmoqda. Ayni vaqtda aksariyat moda uylari epidemiya vaqti uchun kerakli buyumlar tikish bilan band, doʻkonlar esa karatin sababli butunlay yopib qoʻyilgan. Fransiyaning moda uylari endilikda atir emas, antiseptiklar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydilar. Dior, Givenchy va Guerlain moda uylari aynan shuish bilan shugʻullanmoqda.

Doʻkonlarning aksariyat qismi yopilgani sababli savdo-sotiq jarayoni onlayn tarzda amalga oshirilmoqa. Koʻplab tarmoqlar esa oʻz ishini toʻxtatgan. Moda olamining kelgusidagi taqdiri ham gumon ostida boʻlib qolyapti.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



