Buyuk faylasuf Suqrotning hikmatli soʻzlari

1.Huzur-halovatning quli boʻlib qolgan kishi tanasini ham, ruhiyatini ham majruh qilib qoʻyadi.
2.Oz narsaga qanoat qilgan inson donishmanddir. Negaki, bu qanoat uning maʼnaviy boy ekanligini koʻrsatadi.
3. Goʻzallik – hukmronligi tez oʻtib ketadigan qirolichadir!
4. Kiyinishda oliftalikka bormay, nafis yurishga harakat qiling. Kamtarlik – koʻrk, isrofgarchilik esa oʻziga bino qoʻyish belgisidir!
5. Oʻzini dono deb bilgan ayrim kimsalar johil va nodon ekanliklarini fosh etganim uchun – odamlar men bilan musohabani sogʻinadilar.
6. Yaratganning oʻzi meni shu holatimda yaratib, kuni boʻyi, tinmay, har joyda sizlardan har biringizni gaflatdan uygʻotish, dunyodan voqif etish, tergash va poklikka chorlash uchun – bu shaharga yuborgan!
7. Ishni yaxshi boshlasang, yarmini bajardim deyaver! Arzimagan va befoyda narsalarga keragidan ortiq vaqt sarflash nodonlikdir!

8.Insonning nafsiga qul boʻlishi – nodonlik , nafsidan ustun turishi esa – donishmandlikdir.
9.Hasad – bu qalb yarasidir.
10.Biliming borligi seni aqlli qilib qoʻymaydi.
11. Sinovsiz hayot – hayot emas.
12.Yaxshilik va yomonlikni ajrata olish – haqiqiy donolikdir.
13.Odam pulga kiyim sotib olishi mumkin, lekin baxtni emas, ovqat sotib olishi mumkinu, biroq ishtahani emas, yotoq sotib olishi mumkin, ammo uyquni emas, dori sotib olishi mumkinu, ammo sogʻliqni emas, qul sotib olishi mumkin, lekin doʻstni emas, oʻyin-kulguni sotib olishi mumkin, biroq shodlikni emas, muallimni sotib olishi mumkinu, ammo bilimni emas.
14.Koʻzingni chirt yumginda, uylan. Yaxshi xotin uchrasa, xoʻp-xoʻp, xotining yomon chiqsa – faylasuf boʻlasan.

15.Nima uchun Yaratuvchi bizni ikki quloq, ikki koʻz bilan yaratib, birgina til ato etgan – koʻproq koʻrib-eshitib, kamroq gapirishimiz uchun.
16.Harakat qilgan odam yoʻlini topadi, harakat qilmagan bahona qidiradi.
17.Farzandlaring senga qanday muomala qilishini istasang, ota-onangga ham shunday munosabatda boʻl!
18.Puli koʻp odam emas, kam narsaga qanoat qilgan odam haqiqiy boydir.
19.Qalbni davolamay turib, tanani davolab boʻlmaydi.
20.Inson yeyish uchun yashashi emas, yashash uchu yeyishi kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



