Qiziqarli

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar
Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Yozma manbalarning ilk toʻplovchilaridan biri eramizdan avvalgi VII asrda yashab oʻtgan assiriyalik podshoh Ashshurbanipal boʻldi. U Niniveyada 20 mingta kitob saqlanadigan katta kutubxona qurdirgan. Bu kitoblar qadimgi dunyoning madaniyati va ilmiy merosi haqida hikoya qilar edi. Oʻsha davr kitoblari maxsus loydan tayyorlanar edi. Bunday kitoblar olovda yonmas, suvga ham bardoshli edi. Unga sichqon va kalamushlar ham xavf sololmas edi. Ammo kitoblarning boshqa xavfliroq dushmanlari bor ekan – bu jaholat namoyondalari va maʼrifatning dushmanlari boʻlgan odamlar edi. Eramizdan avvalgi 612 yilda Niniveya vavilonliklar tomonidan bosib olinganda, birinchi navbatda podshoni bir yoqlik qilib, soʻngra kitoblarni sindirib, yoʻq qilishga kirishdilar. XIX asrda arxeologlar qazilmalar davomida avvalgi kutubxona oʻrnida oʻsha kitoblarning saqlanib qolingan boʻlaklariga duch keldilar. Hozirda bu boʻlaklar Britaniya muzeyida saqlanmoqda.

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Kichik Osiyoning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Pergam davlatida eramizdan avvalgi II asrda pergamentni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Shu sababli kitoblar ham bugungi kun kitoblarining koʻrinishini olgan edi.

200 ming qoʻlyozma va manuskriptlar saqlangan Pergam kutunxonasining dovrugʻu butun olamga yoyildi. Pergam rimliklar tomonidan bosib olingandan keyin Yuliy Sezarning tarafdorlaridan biri – sarkarda Mark Antoniy kutubxonaning deyarli barcha kitoblarini Kleopatraga Iskandariya kutubxonasi uchun tortiq qilib yubordi.

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Antik davrning ikkita eng kuchli kutubxonalarning qoʻshilishi natijasida Iskandariya kutubxonasidagi kitoblarning soni 700 mingtaga yetdi. Ushbu kutubxona javonida noyob Misr papiruslari, Sharq yozuvlari, Platon qoʻlyozmalari, shuningdek Aristofan, Gomer va boshqa buyuk adiblarning asarlari saqlanar edi.

Ushbu kutubxona Misrning bosh ilmiy va oʻquv markazi ham hisoblangan. Aynan shu yerda Arximed suv nasosoni kashf qilgan, Eratosfen Yer diametrini oʻlchagan, Evklid antik davr matematikasiga oid kitob yozgan, Klavdiy Ptolomey astronomiyaga doir entsiklopediyasini tuzgan.

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Biroq antik davrning xazinasi boʻlgan bu kutubxona ham yoʻq qilindi.

Avvaliga 391 yilda Rim imperatori Feodosiy Olimpiya oʻyinlarini taʼqiqlash bilan birga kutubxonani “sahayton ibodatxonasi” deya hisoblab, uni vayron qilishni buyurgan. Pergam kutubxonasini, Aflotun va boshqa faylasuflarning shaxsiy kutubxonasini oʻz ichiga olgan Iskandariya kutubxonasi butunlay yoʻq boʻlib ketdi.

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Oʻz davrining buyuk sarkardasi Amir Temur Samarqandning nomini butun dunyoga yoyib, uni arxitektura va madaniyat markaziga aylantirdi. Sarkarda yurishlardan oʻljalar bilan birga Kichik Osiyodan, Turkiya, Hindistondan qimmatbaho kitoblarni olib kelar edi.

Amir Temurning vafotidan keyin uning imperiyasi ikkiga boʻlindi: Hirotni sarkardaning oʻgʻli Shohruh boshqargan boʻlsa, Movaraunnaxrga Shohruhning oʻgʻli Ulugbek hukmronlik qildi. Ulugʻbekka bobosidan kutubxona ham meros boʻlib qoldi.

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Ulugʻbek oʻrta asr davrining maʼrifatli hukmdorlaridan biri edi. U oʻz atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi sharqning buyuk olimlarini yigʻgan edi. Katta davlatning hukdori boʻlishiga qaramasdan Ulugʻbek umrining asosiy vaqtini ilmiy ishlarga bagʻishlar va koʻp vaqtini oʻzi qurdirgan observatoriyada oʻtkazar edi.

Otasining oʻlimidan keyin Uligʻbek Timiriylar sulolasining yagona hukmdori boʻldi. Uning ilm bilan shugʻullanishi koʻpchilikka yoqmas edi. Ulugʻbekka qarshi fitna uyushtirildi, dushmanlar hatto uning oʻgʻlini ham oʻz tomonlariga ogʻdirib oldilar.

Gʻoyib boʻlgan kutubxonalar

Yaqinlashib kelayotgan fitnani sezgan Ulugʻbek hukumat tepasiga keladigan jaholat vakillari uning yaratgan ilm maskanini vayron qilishlarini bilar edi. Observatoriya yoʻq qilinish arafasida edi, ammo kutubxonani qanday boʻlmasin

saqlab qolish kerak edi. Olim oʻz fikrini shogirdi Ali Qushchiga bildirdi, u esa buning yoʻli borligini aytdi. Ali Qushchi Kesh qishlogʻidan boʻlgan, shu qishloq yaqinida togʻda koʻplab gʻorlar borligini va oʻsha yerda kitoblarniyaxshilab berkitib qoʻyish mumkinligi ham qoʻshin oʻtdi. Ulugʻbek shunday qildi ham – bir necha yuz tomdan iborat kitoblar sandiqlarga joylanib, yashirin ravishda olib ketildi.

Buning orasida 1449 yilda Samarqandda fojiali voqealar sodir boʻldi. Ulugʻbek hiyonatkorona oʻldirildi, uning observatoriyasi vayron qilindi. Ustozining oʻlimidan keyin Ali Qushchi ham Turkiyaga oʻtib ketdi. Aytishlaricha, u oʻzi bilan birga kitoblarning ozgina qismini olib ketgan, qolgani esa maxfiy berkitilgan joyda qolib ketdi. Ali Qushchi Movaraunnaxrga boshqa qaytib kelolmadi, kitoblarning berkitilgan joyini esa faqatgina u bilar edi. Shu tariqa kutubxonaning izlari ham yoʻqoldi, uning joylashgan joyi hozirda ham Sharqning yechimi topilmagan jimbogʻi boʻlib qolmoqda.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar