Qiziqarli

Eng yirik jonivorlar haqida

Eng yirik jonivorlar haqida

Kassiy -1984 yilda Avstraliyada qoʻlga olingan yirik taroqsimon timsohdir. Timsoh afsonaviy bokschi Kassius Kley (haqiqiy ismi Muhammad Ali) sharafiga nomlangan. 2011 yilda timsoh Kassiy Ginnesning rekordlar kitobiga "Dunyodagi eng katta asir timsoh" deb tan olindi. Uning uzunligi 5,5 metr va vazni bir tonnaga teng.

Eng yirik jonivorlar haqida
Eng yirik jonivorlar haqida

Zamonaviy suyakli baliqlar ichida eng ogʻiri oy-baliqdir. Uzunligi uch metrga teng. Ushbu ajoyib surat Portugaliya qirgʻoqlarida suratga olingan.

Eng yirik jonivorlar haqida
Eng yirik jonivorlar haqida

Ushbu yirtqich kitlarning fonida odam shunday mitti koʻrinadi. Bu ulkan kitlarning uzuznligi 15 metrdan oshadi. Ogʻirligi esa 36 tonnaga teng.

Eng yirik jonivorlar haqida
Eng yirik jonivorlar haqida
Eng yirik jonivorlar haqida
Eng yirik jonivorlar haqida

Gerkules Liger 2006 yilda Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilib, Yer yuzida yashaydigan mushuksimonlar oilasining eng katta vakili sifatida qayd etilgan. Gerkules 2002 yilda Florida shtatidagi Mayami shahridagi yoʻqolib borayotgan va noyob turlar institutida, Arthur ismli sher va yoʻlbars Islanni rejalashtirilmagan juftlashishi natijasida, sherlar va yoʻlbarslar umumiy keng qoʻralarda saqlanganligi sababli tugʻilgan.

Eng yirik jonivorlar haqida

Jimbo bilan tanishing! U Nyu-York shtatidagi notijorat tabiat markazida yashaydi. Ayiqning balandligi - 2,74 metr, vazni - 635 kg.

Eng yirik jonivorlar haqida

Oq akula yer yuzidagi eng katta yirtqich baliqlardan biridir. Urgʻochilari erkaklardan kattaroq boʻlib, oʻrtacha uzunligi 4,6–4,8 m gacha boʻladi. 

Eng yirik jonivorlar haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar