Qiziqarli

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Barcha davlatlar orasida tillar soni boʻyicha birinchi oʻrin Papua-Yangi Gvineyaga tegishli. Taxminiy hisob-kitoblarga koʻra, mahalliy aholining aksariyati ibtidoiy turmush tarziga yaqin yashaydi va 700 ga yaqin turli tillarda gaplashadi. Deyarli har bir qishloqning oʻz shevasi bor.

Adabiy ingliz tilida qariyb 600000 soʻz mavjud.

Sinonim soʻzlar soni boʻyicha ham birinchi oʻrin ingliz tiliga tegishli.

Anʼanaviy xitoy alifbosida taxminan 40 ming ieroglif mavjud.

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

"O" harfi sayyoramizda mavjud boʻlgan eng qadimgi harf hisoblanadi.

Arab tilida 28 tadan koʻp harflar mavjud boʻlib, ular soʻzlar pozitsiyalariga qarab turlicha yoziladi.

Olti til BMTda rasmiy maqomga ega, ulardan biri rus tilidir.

Koʻp insonlar fikriga koʻra eng keng tarqalgan til Ingliz tili. Biroq unday emas. Birinchi oʻrinni xitoylarning ( mandarin lahjasi) egallaydi. Undan keyin hind va ispan, soʻngra esa ingliz tili egallagan.

Koʻplab amerikalik xitoylar xitoy tilini yozma ravishda tushunishlari mumkin, ammo ogʻzaki tilda tushunishga qiynaladilar. Boisi AQShda ularning aksariyati boshqa xitoy lahjasida gaplashadigan viloyatlardan kelgan muhojirlarning avlodlaridir.

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Bougainville orolining tub aholisi atigi 11 ta harfdan iborat oʻz tili va alifbosiga ega.

Frantsiya va Buyuk Britaniya oʻz tarixlari davomida baxslashib kelishgan, frantsuz tiliolti asr davomida oxirgi rasmiy til boʻlib qoldi.

Dunyoning koʻpgina tillarida tinish belgilari yoʻq. Masalan Tay hamda Xitoy tillarida.

Vetnamning baʼzi mintaqalarida Sedang deb nomlangan til keng tarqalgan boʻlib, alifbosida elliktagacha unli tovushlari mavjud.

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Afrikada gapiriladigan berber tillarining aksariyati yozma shaklga ega emas.

Hindiston rasmiy tillarning eng koʻp soniga ega mamlakatdir.        

Lotin tiliVatikanda rasmiy tildir.

Chex tilida faqat undoshlardan tashkil topgan soʻzlar mavjud.

Asl lotin alifbosida "W" yoʻq edi. Ingliz va nemis tillarida mavjud, lekin ispan, portugal va italyan tillarida mavjud emas.

Ingliz alifbosidagi eng koʻp ishlatiladigan harf - "E".

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Mavzuga oid: Turkiya haqida qiziqarli faktlar · Buyuk Britaniya haqida

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar