Foydali

Insonlarni oʻziga tortuvchi odamning 9 ta xususiyati

Insonlarni oʻziga tortuvchi odamning 9 ta xususiyati

1.Bunday odam boshqalarga yaxshi muomalada boʻladi

Odamlarni oʻziga jalb qiluvchi fayzli inson oʻzini boshqara oladi. Suhbatdoshidan oʻtishga harakat qilmaydi, uni kamsitib, oʻzini komil inson qilib koʻrsatmaydi. Bunday qilishga hojat ham yoʻq, chunki u oʻziga va oʻz kuchiga ishonadi.

2.U oʻz qadrini biladi

Odamlarni oʻziga jalb qiluvchi inson oʻz qadrini biladi. U avvalam bor dadil insondir, aynan ana shu sifat hayotdagi koʻpgina vaziyatlarda yordam beradi.

3.Uning yonida insonlar oʻzlarini qulay his etadilar

Bunday inson yonida siz oʻzingizni qulay his etasiz. U bilan gaplashgan odam suhbatdan zavq oladi, chunki u boshqalar bilan samimiy munosabatda boʻladi. U hech kimni oʻzgartirishga harakat qilmaydi. Jozibador inson odamlarning yaxshi tomonlarini koʻra oladi va shu xususiyatlarini namoyon qilishlariga yordam beradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar