Foydali

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish
Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Agar biror inson kechasi ishlashga qaror qilsa, bu davrning ayni qaysi vaqtlari unga koʻproq mos tushishini aniqlab olishi kerak. Kechaning qaysi davrida uning energetik quvvati oshishini bilib olishi lozim. Va shu xulosalardan kelib chiqib, ishlashi hamda ish samarasini oshirishi mumkin.

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Ish samarasi buzilmasligi uchun uzluksiz uyquni ham yoʻlga qoʻyish lozim. Yaʼni inson kechasi ishlashga majbur boʻlsa, uyquni oʻrnini boshqa payt toʻldirishi kerak. Shunda inson jismoniy va aqliy tomondan toliqmaydi. Inson oʻzining ish jarayonining maksimal unundorlik pallasini bilib olishi bilanoq, shuni ushlab turishi kerak.

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Kechasi ishlamoqchi boʻlsangiz, buni oldindan rejalashtirganingiz maʼqul. Kechasi uyqungiz qochib, nima qilishni bilmay, bekor qolishdan yomoni yoʻq. Agar kechasi ishlash niyatingiz boʻlsa, buni oldindan rejalashtirib oling, shunda ishingiz unumli boʻladi.

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Ish vaqtining boshlanishini belgilash va unga rioya qilish ish unundorligini oshiradi. Inson qanday vaqtda turib, qanday vaqtda ish boshlashidan qatʼiy nazar, kundalik yumushlar uni toliqtirib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun bunday yumushlarni bitirmasdan, kechasidagi ishingizga urinmang, aks holda ishingizning samarasi boʻlmaydi.

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Agar inson kechasi samarali ishlasa, ertalab uning uxlashi uchun boʻshashishi qiyin kechisi mumkin. Shuning uchun ertalabki yengilgina baʼzi uy yumushlarini bajarishingiz yohud tinchlantiruvchi musiqa tinglashingiz ayni muddao boʻlar edi. Kechasida ishni ham ayni bir vaqtda tugatishni yoʻlga qoʻyish ish unundorligini oshiradi.

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Endi esa eng qiyin palla haqida gap ketadi. Yaʼni kechasidagi uyqudan keyin kunduz kuni “toʻyib” uxlab olish. Axir kunduz kungi yorugʻlik hamda shovqin-suron uyquga xalal berishi mumkin. Buning uchun yotoqxonadagi yorugʻlikni jalyuzi yoki qalin parda bilan butunlay toʻsish yoki uxlash uchun moʻljallangan koʻz niqoblaridan foydalanish darkor. Shovqinni ketkazish uchun esa tabiatning ovozlari yozilgan musiqalarni eshitish mumkin. Va eng asosiysi esa telefoningizning ovozini oʻchirib qoʻyishni unutmang. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar