Tarixdagi eng yovuz hukmdorlar


Gay Sezar Kaligula oʻzining zolimligi bilan nom chiqargan hukmdordir. Bu inson avvaliga judayam yaxshi hukmdor boʻlgan va tabiiyki xalqi tomonidan juda ardoqlanar edi.
Bir kuni Kaligula qattiq xastalanib qoldi, shunda butun xalq uning sogʻayishi uchun tilakjlar aytib yurdi. Haqiqatdan ham bir necha oydan keyin kasallik chekindi, ammo uning sevikli insoni – maʼshuqasi vafot etdi. Sezarning musibati cheksiz edi, alamzada Kaligula alamini boshqalardan oladigan boʻldi, odamlarni sabab-besabab qatl qila boshladi.
Kaligula odamlarning qatl qilinishi, ularning daryo boʻlib oqqan qonlarini tomosha qilishni yoqtirar edi, bu narsa uni yanada qonxoʻr boʻlishiga sabab boʻldi. Ammo bu zulm uzoqqa choʻzilmadi, Sezarning ustozi boʻlmish Kassiy Xerey tomonidan uyushtirilgan suiqasdda u qattiq yaralandi va halok boʻldi.

Xitoyda ham In Chjen ismli zolim va qonxoʻr hukmdor boʻlgan. Xalq unga “Sharqning qonxoʻr yoʻlbarsi” deb nom qoʻygan. Imperator taxtga oʻtirganda unga qarashli mamlakat halokat yoqasida edi, shuning uchun uni oyoqqa qoʻyish va tartib oʻrnatish uchun qattiqqoʻllik zarur edi.
Mamlakatga bostirib kelayotgan barcha dushman qoʻshinlari tor-mor etildi, lashkarboshilar yoʻq qilindi. Bu imperator faqatgina oʻziga nisbatan boʻlgan sadoqat va fidokorlikni tan olar, itoat etmaganlarning esa boshlarini tanasidan judo qilar edi.
Mana shunday diktaturaga qaramay, mamlakatda yoʻllar, binolar qurilar, yangi shaharlar bunyod etilar edi. Buyuk Xitoy devoir ham aynan In Chjen hukmdorligi davrida barpo qilingan.

Chingizxon Xitoydan tortib Kiyevgacha boʻlgan xalqlarning hammasini qoʻrquvga solgan. Zulmi va ulugʻvorligi bilan u bir necha asrlar hukm surgan Buyuk moʻgʻullar imperiyasiga asos soldi. Chingizxon dushman va sotqinlarga nisbatan qonxoʻr boʻlgan, sadoqat va doʻstlikni esa qadrlagan. Aynan qattiqqoʻl va zolimligi tufayli u mana shunday ulkan hududni bosib olish va uzoq vaqt davomida uni ushlab turishga erishgan.

Munofiq va ayyor Yuliy Ikkinchi maqsadiga har xil yoʻllar bilan erishar edi. Mard va sahiy boʻlish kerak boʻlsa – shunday boʻlar edi, yovuz va zolim boʻlish kerak boʻlsa – sotqinlikdan ham, qotillikdan ham toymas edi.
Yoshlik davrida odamlarni oʻgʻirlab, ularni qullikka sotar edi, ruhoniy boʻlganida esa bosqinchi va qotillarni yoqlab chiqar edi.
U xalqlar va mamlakatlarni bir-birlariga qarshi qayrashni juda xush koʻrar, qonli urushlarni uyushtirar edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



