Avto

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

1.Vaqt oʻtayotganini hayolan tasavvur qilib koʻring.

2.Oddiy buyumlarning ishlatilishining yangi usullarini oʻylab toping – masalan, oddiy mix ishlatilishining necha xil usulini oylab topa olasiz?

3.Kuzatuvchanlik mahoratingizni oshiring – masalan, kun boʻyi qizil rangga eʼtibor bering yoki tirbandlikda maʼlum bir rusumli avtomobillarni toping.

4.Maʼlum bir vaqtga bir yoki bir necha his qilish aʼzolaringiz faoliyatidan foydalanmay turing – masalan, bogʻlangan koʻz bilan ovqat tanovul qiling, kundalik yumushlarni bajarayotganda quloqlaringiznni berkitib oling, yumuq koʻz bilan dush qabul qiling.

5.Bir qarashda har xil koʻringan mavzularda umumiylik topishga harakat qiling.

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

6.Hayotingiz sodir boʻlgan birorta voqeani ipidan ignasigacha tasvirlab bering.

7. Ambidekstriyani (oʻng va chap qoʻl bilan birdek harakat qilish) rivojlantiring – asosiy boʻlmagan qoʻlni (koʻp hollarda chap) tish tozalashda, soch tarashda, ovqat tayyorlashda ishlating, ikkala qoʻlda birvarakayiga yozing.

8.Taxminlaringizni doimo rad qiling.

9.Ijodiy fiklashni keng yoʻlga qoʻying.

10.Doimo hayolingizga kelgan birinchi “toʻgʻri” javobdan chetga chiqing.

11. Reallikni oʻzgartiring – hamisha oʻzingizga “Agar bunbday boʻlsachi?” degan savollar bering.

12.Hamisha koʻz oldingizda turadigan suratni tepadan pastga qaratib qoʻying.

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

13.Mantiqni oʻrganing – koʻproq mantiqiy masalalar yeching.

14.Biror bir ilmiy usul bilan yaqindan tanishing.

15.Topishmoqlar va jumboqlarni koʻproq yeching.

16. Jonglyorlik qilishni oʻrganing.

17.Sport bilan muntazam shugʻullaning.

18.Qaddingizni tik tuting.

19.Koʻp suv iching.

20. Oddiy hayot kechiring.

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

21.Shaxmat va boshqa stol oʻyinlarini oʻynab turing.

22.Hazil-mutoyiba qilib turing, yangi latifalar oʻylab toping.

23.Ovqatlanish choʻplaridan foydalaning.

24.Chuqur-chuqur nafas oling.

25.Klassik musiqa tinglang.

26.Prokrastinatsiyadan xalos boʻling( yaʼni ishni keyinga qoldirish).

27. Kiyinish uslubingizni oʻzgartiring – koʻproq yalang oyoq yuring.

28.Noaniqlik va ikki maʼnolilikkka eʼtibor bering – paradoks hamda optik illyuziyalarga ixlos qoʻying.

29.Kundalik tuting.

30.Chet tillarini oʻrganing.

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

31.Uzun soʻzlarni teskarisiga talaffuz qiling.

32.Muammolaringiz haqida ovoz chiqarib mulohaza qiling.

33.Atrofingizdagi muhitni oʻzgartirib turing – uyingizdagi mebelning joyini oʻzgartiring.

34.Hikoya yoki sheʼr yozing.

35.Fikringizni imo-ishoralar yordamida bildirishni oʻrganing.

36.Musiqali asbobni chalishni oʻrganing.

37.Koʻproq chizing – nimani boʻlsa ham. Buning uchun musavvir boʻlish shart emas.

38.Arifmetik hisob-kitoblarni hayolda bajarib turing.

39.Meditatsiya qiling.

40.Televizor tomosha qilishdan voz keching.

41.Kundalik ishlaringizni bajarish tezligini oʻzgartirib turing – biror ishni tezroq yoki sekinroq bajarishga harakat qiling.

42.Oʻzingizni boshqa odamlarning oʻrniga qoʻyib koʻring – ular sizning muammolaringizni qanday hal qilar edilar, shu haqda oʻylang.

43.Ishga ham, dam olishga ham vaqt ajrating.

44.Hamisha izlaning va oʻzingiz uchun yangiliklar kashf qiling.

45.Imkon boʻlishi bilan chet elga safarlar uyushtiring – turli hayot tarzi haqida tushunchaga ega boʻling.

46.Fikringiz bir joydan chiqadigan odamlar bilan muloqot qiling.

47.Raqobatlashib turing.

48.Aqlli iqtiboslar va buyuk iboralarni yigʻib boring.

49.Klassik asarlarni oʻqib turing.

50.Atrofingizni faqatgina maslakdoshlar bilan oʻrab olmang – qarashlari siznikidan farq qiladigan insonlar bilan ham muloqot qilib turing.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar