Muzlatgichda saqlash tavsiya etilmaydigan 7 mahsulot

Sovutgichda non tezroq eskiradi. Bundan tashqari, u yuqori namlik va yomon havo aylanishidan zararlanishi mumkin. Nonni muzlatgichda saqlashdagi yana bir yoqimsiz narsa, u nohush hid bilan toʻyinib qoladi. Hushboʻy isli nonning oʻrniga yoqimsiz xidli, sovuq nonni isteʼmol qilish biroz gʻalati.

Banan, boshqa tropik mevalar singari issiqlikni yaxshi koʻradi, sovuqda chiriy boshlaydi va oʻz taʼmini yoʻqotadi. Bundan tashqari,mazali banan pishgan banan hisoblanadi. Sovutgichda esa u pishmaydi. Ularni xona haroratida osilgan holda saqlash yaxshidir.

Birinchidan, piyozni qorongʻi joyda saqlash kerak,chunki yorugʻlik taʼsirida uning taʼmi oʻzgaradi. Ikkinchidan, uni kartoshka yonida saqlab boʻlmaydi- u tezda koʻklab ketadi. Shunday qilib piyozni muzlatgichda saqlamasligingiz kerak. Bundan tashqari, muzlatgichda saqlangan piyoz xarorat tufayli, u bahor keldi deb oʻylab "unib chiqa boshlaydi".

Pomidor sovuqda boʻlganida, u tom maʼnoda taʼmini yoʻqotishni boshlaydi. Sovuq muhitda pomidor tarkibidagi birikmalar ham yoʻq boʻlib ketadi. Pomidor tarkibidagi rezavor meva taʼmi uchun javob beradigan moddalar birinchi boʻlib "oʻladi". Agar siz pomidorni buzmasdan saqlashni istasangiz, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlaridan himoyalangan joyga qoʻyib, xona haroratida saqlang.

Agar siz sarimsoqni xona haroratida va past namlikda saqlashga qaror qilsangiz, u kamida 2-3 oy davomida saqlanadi. Agar siz uni muzlatgichda saqlamoqchi boʻlsangiz u 1 oy ichida yomonlashadi.

Avokadolarni xona haroratida saqlash kerak. Yaxshi pishgan avokadolarni hatto nonga surtib yeyish ham mumkin. Agar meva "muzlatgichda"saqlansa, uni sovuq uradi.

Qahva qadogʻida bezijga yozilmagan: quruq va salqin joyda saqlang. Aynan sovuq emas, salqin joyda. Qahva qopqogʻi toʻliq havo oʻtkazmasligi kerak, chunki u hidlarni mukammal darajada oʻzlashtiradi. Agar siz qahvani muzlatgichda ochiq xolda qoldirsangiz, shu yerda saqlagan narsalarning taʼmi bilan ichimlik ichgandek boʻlasiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



