Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar

Har bir xona uchun alohida parda tanlanishi zarur. Koʻpchilik uslub va ranglar gammasini hisobga olmasdan, barcha xonalar uchunbir xil pardalar sotib oladi. Bu juda katta xato!

Parda interyerning muhim tarkiblaridan biri hisoblanadi. Ularning vazifasi xonani faqatgina quyosh nurlari va yelvizakdan himoyalash emas, u uyda qulay muhit hosil qilishi kerak. Pardalar tanlovida rang va bezaklar katta ahamiyatga ega. Koʻk va moviy rang salqin, och jigarrang, sariq va qizil ranglar esa iliqlik hissini beradi. Pardadagi koʻngdalang chiziqlar xonani kattaroq, uzunasiga tushgan chiziqlar esa balandroq koʻrsatadi. Guldor pardalar sizni zeriktirib, yoqimsiz hissiyotni uygʻotishi mumkin. Eng yaxshisi- pardalarni mebel qoplamasiga mutanosib tarzda tanlashdir.

Derazalar uchun parda tanlash chogʻida bir necha murakkab boʻlmagan holatlarni bilib olsangiz, parda bino uslubi bilan chiroyli tarzda uygʻunlashadi.

Yorqin bezaklarga ega pardalar yoz faslida uyingizga yanada koʻproq goʻzallik va koʻrkamlik baxsh etadi. Unutmang, quyoshli xavoda mato kuyib ketadi, shuning uchun bu mavsumda juda qimmat pardadan foydalanmang. Qish vaqtida iliq koloritdagi pardalarni osish maqsadga muvofiq.

Pardalar xonaning dizayniga mos kelishi lozim. Pardaning kengligi deraza kengligidan 3 barobar kattaroq boʻlishi darkor. Ammo parda kengligini juda oshirib yubormang, bunday holatda karniz pardani tutib tura olmasligi mumkin. Mato tanlashda avvalo uning oʻziga hosligi va qimmatligiga emas, ixchamligiga eʼtibor qarating.

Yotoqxona shaxsiy boʻlgani va u yerga begonalar kirmagani tufayli pardani avvalo oʻzingiz uchun tanlashingiz lozim. Bu xona uchun och jigarrang, shaftolirang, tillaranglar mos keladi. Oʻta yorqin ranglar oʻziga eʼtibor tortib, tinch uhlashgan halal beradi.

Yotoqxona derazalariga, ayniqsa ular sharq tomonga qaragan boʻlsa, yorugʻlik tushmasligi uchun qalin parda tanlash zarur. Ammo ularni iloji boricha baxmal matodan tanlamang, yoʻqsa chang toʻplanib qoladi. Pardalar xona devorlariga mos tushishi va ximoyalashi kerak.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



