Foydali

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Britney Spirs psoriaz kasalligi bilan ogʻriganligi maʼlum. Bu bemorning stressga duchor boʻlganida yoki kuchli hayajonlangan paytida qizil rangli dogʻlar bilan ifodalanadigan terisining holatidir.

Britneyning mashhurligini va uning tez-tez jamoatchilikka chiqishini inobatga olib, yulduz koʻpincha bosim va stress holatida boʻladi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun uning terisi muntazam ravishda yomonlashsa ham ajab emas.

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Xushbichim Eshton Katcherning ham bitta kamchiliklari bor, ammo bu unga muvaffaqiyatli martaba orttirishga xalaqit bermadi.

Aktyorning oyoqlari ikki barmogʻi bir biri bilan bogʻlangan. Albatta, aktyorning oyoqlari kamdan-kam hollarda kadrga tushadi. Va, ehtimol, agar Eshtonning oʻzi televizion dasturlarning birida bu haqda aytmagan boʻlsa, uning tashqi koʻrinishidagi bunday kamchilik hamma uchun sir boʻlib qolishi mumkin edi. Bundan tashqari, aktyor paypogʻini yechib, oyoqlari va barmoqlarini kameralarga yaqindan koʻrsatgan.

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Aktrisa va model Keyt Bosuort kam uchraydigan kasallik - geteroxromiyaga chalingan. Ushbu kasallik koʻzlarning qorachigʻi turli xil rangda ekanligi bilan tavsiflanadi. Koʻpincha, bu holatni mushuklarda kuzatish mumkin. Odamlarda esa bu hodisa juda kam uchraydi. Aktrisaning oʻng koʻzi jigarrang chap tomoni koʻk rangda. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Keyt gilamchada paydo boʻlganida, jurnalistlar uning koʻz rangini payqab , qiz shunchaki linzalarni adashtirib qoʻygan degan hulosaga kelishgan. 

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Aktyor Endi Garsia oʻzining tashqi koʻrinishi va jiddiy qiyofasi  tufayli aktyorlik karerasini qurdi. Uning yelkalari tutashgan siam egizagidan biri boʻlib tugʻilgani haqida koʻpchilik bilmasa ham kerak. Hozir esa aktyor buni faqat yelkasidagi jarrohlik chandigʻi orqali esga oladi.

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Bu aktrisa, model va qoʻshiqchi Vanessa Paradining ajralib turadigan belgisi boʻlgan tishlar orasidagi ochiq joy edi. Tashqi koʻrinishdagi nuqson, qizga muvaffaqiyatli yulduzlik karerasini qurishga, shuningdek mashhur aktyor Jonni Depp bilan shaxsiy hayotida baxt topishga toʻsqinlik qilmadi.

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Hind kinosining maxoratli va xushbichim aktyori Xritik Roshanning oʻng qoʻlida ortiq barmogʻi bor.

Aktyorning oʻzi bundan sira ham uyalmaydi. U bu kamchilikni bartaraf etish niyatida ham emas.

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Albatta, koʻplab muxlislar Paris Hilton fotosuratlarida qandaydir gʻalati koʻrinishini tez-tez payqashadi. Gap shundaki, qizning koʻzlari shakli har hil. Parisning chap koʻzi har doim bir oz qisilgan. Ehtimol, Parisda oʻtkazilgan koʻplab plastik jarrohlik amaliyotlari tufayli uning chap qovogʻi osilib qolgandir.

Insonning mukammali boʻlmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar