Qiziqarli

Barchaning ermagi boʻlgan pista haqida gʻaroyib faktlar

Barchaning ermagi boʻlgan pista haqida gʻaroyib faktlar

1.Tarkibida xursandchilik gormoni – serotonin ishlab chiqishiga xizmat qiluvchi tiamin moddasi mavjudligi sababli, kungaboqar urugʻi kayfiyatni koʻtarish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham uni koʻpchilik katta ishtiyoq bilan ermak qilib chaqadi.

2.100 gr pista tarkibida kletchatkaning 42% kunlik meyori mavjud, bu modda oshqozon ichak yoʻllari uchun foydali boʻlib, ovqat hazm qilish faoliyatini aktivlashtiradi hamda 12 barmoqli ichakning ishini yaxshilaydi va toksinlarni haydaydi. 

3.Intoksikatsiya vaqtida ich surish xususiyatiga ega boʻlgan pistaning undirilgan urugʻi tavsiya etiladi.

4.Pista donalari tarkibida shuningdek, tomirlar ichini tozalovchi hamda ularni elastik va mustahkam boʻlishiga xizmat qiluvchi zarur moddalar kompleksi mavjud.

5.Pista tarkibida koʻp miqdorda kaltsiy ham bor. Shuning uchun osreoporozdan saqlanish uchun bir kunda bir siqim qungaboqar urugʻini isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

6.Pistaning foydali xususiyatlaridan yana biri – organizmda insulin moddasini ishlab chiqarishni kuchaytiradi, shuning uchun u qandli diabet kasalligida foydalidir.

Eslatma: diabetiklar pistani koʻp miqdorda isteʼmol qilmasliklari zarur, chunki bu mahsulot yetarli darajada kalloriyali boʻlib, vazn ortishiga sabab boʻlishi mumkin.

Barchaning ermagi boʻlgan pista haqida gʻaroyib faktlar

7.Ich qotishi va qorin dam boʻlishida foydali. 

8.Metobolizmni kuchaytirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

9.Aminokislotalarga boyligi stress va infektsiyalarga chidamlilikni oshiradi.

10.Pista tarkibidagi poli toʻyinmagan kislota va aminokislotalar tomirlarda tiqilmalar paydo boʻlishining oldini oladi.

13.Pista yogʻi teri parvarishida foydalaniladi.

14.Pista tarkibidagi sink soch toʻkilishiga qarshi samarali foyda beradi hamda testosteron gormonini normallashtiradi, shuning uchun pista erkaklar uchun foydalidir.

15.Pista shuningdek ayol va erkaklarning reproduktiv tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi A va E vitaminlari hamda fosforga boy.

Barchaning ermagi boʻlgan pista haqida gʻaroyib faktlar

1.Ich qotishi, appenditsit va allergiyaga sabab boʻlishi mumkinligi bois yosh bolalarga tavsiya etilmaydi.

2.Pista bilan sutni aralashtirirmang, chunki bu narsa qorinning kuchli dam boʻlishiga olib keladi.

4.Pistani podagra kasalligida iteʼmol qilish taqiqlanadi.  

5.Haddan ortiq pista chaqish tish emalini yemirishi mumkin.

6.Pistani poʻchogʻi bilan isteʼmol qilish koʻrichak kasalligiga sabab boʻlishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar