Qiziqarli

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi
Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Bu ikki inson oilali boʻlishlariga qaramasdan, ularning oʻrtalarida qandaydir bogʻliqlik borligini payqash qiyin emas edi. Raj Kapur va Nargis oʻz rollarini shunchalik qoyilmaqom qilib oʻynashgan ediki, ularning hayotda haqiqiy sevishganlar, degan mish-mishlar yurar edi. Bu juftlik hind kinoindustriyasining “oltin juftligi” boʻlib qoladi.

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Ularning muhabbati Bollivud muxlislari orasida eng koʻp muhokama qilinadigani edi. Amitabxning rafiqasi Jaya ishtirokidagi ushbu sevgi uchburchagining sir-asrori maxfiyligicha qoladi. Nima boʻlgan taqdirda ham Amitabx va Rekxa juftligi hamisha muxlislarning olqishiga sazovor boʻlib kelgan.

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Keyinchalik oila qurgan Xema va Dharam – bir vaqtlar Bollivudning eng muvaffaqiyatli juftliklaridan biri boʻlgan. Uddaburon yigit va sohinjamol qiz ajoyib ishqiy juftlikni yaratdilar. Boshqa juftliklardan farqli oʻlaroq ular bir-birlarini hayotda ham haqiqatdan sevar edilar.

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Rishi Kapur va Dimpl Kapadiya mashhur “Bobbi” filmidayoq tomoshabinlarning qalbidan chuqur joy olgan edilar. Mazkur film bir pasta xit darajasigacha koʻtarildi. Bu juftlik yana bir necha marotaba birga sevishganlar obrazini talqin etdilar.

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Nisbatan yoshroq avlodni oladigan boʻlsak, sevishganlar rolini Shohruhxon va Kajolchalik hech kim oʻynay olmaydi. Yuqorida nomi tilga olingan “oltin davr” vakillaridan keyin kino ixlosmandlari orasida aynan Shohruhxon va Kajol yuqori maqomga erisha oldilar.   

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar