Karantin haqida quvnoq hazillar

1.Eh, qanday davrlar ediya: Ishdan uyga, uydan ishga…
Endi-chi, uy-uy-uy-uy!
2.Birovning sizdan qarzi boʻlsa, uning uyiga boring, ayni damda u oʻsha yerda.
3.-Menga hozir bankdan qoʻngʻiroq qilishdi. Karantin munosabati bilan kredit olishimizni tavsiya qilishmoqda, foiz stavkasi oʻsha-oʻsha. Tushunmadim, ogʻir ahvolda qolgan menmi yoki ularmi?
-Ular shunchaki sening tirikligingga ishonch hosil qilishmoqchi boʻlishgan.

4.Mening nabiralarim uyda onlayn rejimda taʼlim olishmoqda. Shu sababli maktab maʼmuriyati menga remont, yangi parda va mebel uchun pul oʻtkazib yuborishini soʻrab qolaman.
5.-Azizam, men seni dunyoni aylantiraman, deb vaʼda bergan edim. Hoʻsh, xonim, qayerga bormoqchisiz?
-Voy, nimalar deyabsiz? Axir karantinku!
-Ha, mayli oʻzing bilasan. Men soʻzimda turdim, keyin gina qilib yurma.
6.Karantinda muntazam ravishda yugurish sporti bilan shugʻullanaman – divandan muzlatgichgacha.
7.Karantin hech ham zerikarli emas-da. Chalgʻiyman desangiz, bekorchi ishlar qalashib yotibdi. Meni boshqa narsa qiynayapti, qanaqasiga bir paketdagi 1kg guruch – 2789 ta dona, ikkinchisida – 2804 dona boʻlishi mumkin?!

8.Karantinda qay biri dahshatliroq ekanligini bilmay ham qoldim: tana haroratimni oʻchashmi yoki oʻgʻirlik vaznimnimi?
9.Karantinda bekorchilikdan xotinim bilan gaplashib qoldim. Hm, bilmagan ekanman, yaxshi xotin ekan!
10.“Karantin, karantin, deysizlar. Haqiqiy karantin nima ekanligini sizlar qayoqdanam bilardingiz?!” – deb hayqirdi Robinzon Kruzo.
11.Agar karantin davom etaversa, maktab va bogʻchalar yopiq turaversa, ota-onalarning oʻzlari olimlardan avval vaktsinani yaratadilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



