Tarvuz qanday tanlanadi? Uning organizmga foydasi qancha?

Sogʻlom odamning 150 gramm tarvuz tanovul qilishi uning bir kunlik magniyga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Bir soʻz bilan aytganda, tarvuzda magniy yetarli darajada koʻp. Shu bois qon bosimi baland kishilar uni kundalik taomnomalariga kiritishi kerak.
Bundan tashqari, tarvuz tanadan holesterinni chiqarib yuborishda qoʻl keladi.
Tarvuzda siydik haydash hususiyati boshqa meva va sabzavotlarga nisbatan juda kuchli. Darvoqe, bunday hususiyatga nafaqat tarvuzning eti, balki uning poʻstlogʻi ham ega.

Tarvuz poʻstlogʻidan tayyorlangan damlama yurak va buyrak kasalliklaridagi shishlardan holi etadi. Bunday tarvuzli davolashni yil mobaynida amalga oshirish mumkin- gaz pechida quritilgan poʻstloqni ancha muddat saqlasa boʻladi. Damlama tayyorlayotganda quruq poʻstloq ustiga 1:10 nisbatda suv solinadi va taxminan 5daqiqa qaynatiladi. Soʻngra damlama tindirilib, suzgichdan oʻtgaziladi va yarim stakandan 3-4 mahal ichiladi.
Ushbu damlama revmatizm va podagrada ham qoʻl keladi.Tarvuz urugʻi foydalilik jihatidan qovoq urugʻidan qolishmaydi. U gelmintlar, yaʼni gijjalarga qarshi yaxshigina kurasha oladi. Buning uchun quritilgan tarvuz urugʻi goʻshtqiymalagichdan chiqariladi va 1:10 nisbatda sut bilan aralashtiriladi. Bunday tabiiy dorini 2 stakandan 2 mahal taomdan alohida holda isteʼmol qilish zarur.

Tarvuzdan kosmetologiyada ham foydalanish mumkin. Uning eti sanchqida ezib olinadi va yuzga 20 daqiqa surtiladi. Yuzingizni yuvib tashlagach uni tiniqlashgani va yosharganiga guvoh boʻlasiz.

Tarvuz sharbati jigardagi toksinlar, yaʼni zaharli moddalarni eritadi va chiqarib yuboradi. Antibiotiklar bilan davolangandan soʻng, kuchli taʼsir etuvchi dorilarni tarvuzdan toʻyib-toʻyib yeyish lozim.
Yoki uzoq vaqt norkoz ostida operatsiyani boshdan oʻtkazgandan soʻng mazali tarvuz tanovul qilish jigardagi dorilardan organizmni tozalashda yaxshi foyda beradi.

Tarvuz tarkibidagi temir moddasi faqat salat barglari va ismaloqdan keyin turadi. Tarvuzdagi temir organizmda yengil oʻzlashtiriladi, chunki u organik moddadir. Shu bois tarvuz kamqonlik (anemiya)ni davolash va profilaktikasida eng yaxshi yordamchi.
Diabet bilan kasallanganlar va homiladorlikning ohirgi uch oyida tarvuz tanovulidan tiyilib turgan maʼqul.

Tarvuz sotib olayotganingizda uning juda kattasini ham, kichkinasini ham tanlamang. Katta tarvuzlarni kattalashtirish uchun turli dori vositalaridan foydalangan boʻlishlari mumkin, juda kichiklari esa hali toʻliq yetilmagan boʻlishini yodda tuting.
Hech qachon yerda turgan tarvuzni olmang, uning tagida yana biror narsa toʻshalgan boʻlsin.
Tarvuz poʻstidagi chiziqlarning aniqligiga ahamiyat qarating, ularning taram-taram boʻlib turishi shirinligidan dalolatdir.
Tarvuzni sotib olayotganingizda uning tomiriga ulanadigan joyini koʻzdan kechiring, agarda u soʻlib qolgan boʻlsa, bu bir necha kunlik tarvuz ekanligidan dalolat beradi. Bunday tarvuz biroz eskirgan boʻlishi va zararli oqibatlarga olib kelishi ham hech gap emas.
Yoki tarvuz harid qilishdan oldin hidlab koʻring. Pishgan tarvuzdan doimo yoqimli hid keladi. Biroq pishib oʻtib ketganini zinhor tanlamang, buni uning poʻsti quriy boshlaganligidan bilsa boʻladi.
Tarvuzni tanlashdagi eng yaxshi usullardan biri- bu uni chertib, urib koʻrishdir. Pishgan tarvuzdan jarangdor ovoz chiqishi barchamizga maʼlum.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



