Qiziqarli

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Inson biror nimani moʻljallashi uchun oʻz oldiga aniq bir maqsad qoʻyishi qanday yaxshi. Biroq siz faqatgina ular bilan oʻralalashib qolsangiz, real hayotdan uzoqlashishingiz mumkin. Natijada koʻngilsizliklardan qochib boʻlmaydi. Hayotni boshidan-ohirigacha qandaydir rejaga tobelantirib boʻlmaydi - uni qanday boʻlsa, shundayligicha qabul qilishga oʻrganing va voqealar qay tarzda rivoj topayotganini ziyraklik bilan kuzating. Balki oʻz oldingizga qoʻygan vazifalarni yana qayta koʻrib chiqishni talab qilar? Katta tekshiruvga tayyor turing! Shuningdek unutmang: haddan tashqari qaysarlik sizni vaziyat oldida kuchsizlantirishi mumkin.

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Baʼzi paytlarda qatiʼyat bildirib, noʻmalum ishga ham qadam qoʻyish kerak. Faqat shundagina hayotga oʻzgarishlar kiritish mumkin. Faqatgina shunda siz yangi imkoniyatlarga ega boʻlasiz.

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Biroz zerikarli eshitiladi, albatta… Ammo ,kimki tartibga odatlangan boʻlsa ( ishda ham, xayollarda ham), u ancha bosiq va oʻzini qoʻlga ola biladi. Agar inson hayotida chalkashlik hukm sursa, bu uning ruhiy salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Oʻzingizni doim kulib yurishga majburlamang. Axir, bu tinkangizni quritadi! Yigʻlagingiz kelyaptimi-xissiyotlarga erkinlik bering. Koʻz yoshlari bilan birga tiniq hayollarga halaqit beradigan hafagarchilik, ogʻriq va charchoqlar ham yuvilib ketadi. Kuchli odamlar gʻam-anduxlardan berkinmaydilar, negaki ular hech boʻlmaganda –nohush vaziyatda ham jilmayib turgan qiyofani saqlab qolishi muammolarni hal qilmasligini juda yaxshi tushunadilar. 

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Aynan ushbu hissiyot sizni har kuni eshitadigan xursandchilik uchun barcha kichik sabablarni eslab qolishga yordam beradi. Har bir yoqimli daqiqalardan zavqlanishga va ularni his etishga harakat qiling. Shuningdek hayotingizda yaxshi narsalar koʻpligi haqida oʻzingizni tez-tezaytib turing – bu sizga kuch baxsh etadi.

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Siz yangi tanish yoki biror mavzuga maftun boʻldingizmi? Bu juda yaxshi! Ichki ovozingiz barchasini buzishiga yoʻl qoʻymang. Bir hillikdan chiqib keta olgan va yangilik yarata olgan insongina muvaffaqiyatga erisha oladi.

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Shubhasiz fakt: baxtingizga faqatgina oʻzingizdan boʻlak hech kim javobgar emas. Shuning uchun siz nafaqat munosib hayot tarzini maromida ushlab turishingiz kerak, balki shaxsiy qarashlaringizni himoyalashingiz hamda vaqti-vaqti bilan oʻzingizni siylashingiz ham kerak. 

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Fikringizcha, doimiy uyquga toʻymaslik sizni bemorga oʻxshatib qoʻyadimi? Bu koʻproq kamqonlik kasalligidan dalolat beradi. Tanu jon toʻliq oromga doimo muhtojdir. Aks holda kunduzgi tetiklik zahirasi qayerdan kelib chiqadi? Shu sababli hech boʻlmaganda dam olish kunlarida istalgancha toʻyib uhlab olishingiz mumkin.

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

Oʻylashingizcha,orzu qilish befoydami? Albatta, hom xayollar olamiga toʻliq shoʻngʻigan odam hayotning koʻpgina haqiqiy hursandchiliklarini qoʻldan boy beradi. Biroq, siz baʼzi-baʼzida oʻzingizni turli koʻrinishlarda tasavvur qilib, oʻziga hos goʻzal voqealarni hayolan chizsangiz, bu ozgina dam olib, kundalik tashvishlardan chalgʻishingizga imkon beradi.

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar