Foydali

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Chingizxonning javobsiz muhabbati

1164 yilda Esugay-botir oʻgʻlini salkam 10 yoshida uylantirib qoʻydi. Kelinlikka nomzod sifatida tanlangan qiz ham nufuzli oilaning farzandi boʻlib, qizlarining goʻzalligi bilan dong taratgan Qoʻngʻirot qabilasidan edi.

Temuchinning rafiqasi Borte oʻz turmush oʻrtogʻida uch yosh katta boʻlgan va juda yaxshi tarbiya koʻrgan, husni esa koʻzni qamashtirardi. U Temuchinning ilk rafiqasi sanalgan, umrining ohirgi kunlariga qadar unga sodiq qolgan. Ular birgalikda 40 yildan ortiq hayot kechirdilar.

1206 yilda Temuchin moʻgʻul imperiyasining ulugʻ xoniga aylandi va uni Chingʻizxon deya atay boshladilar. 

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Moʻgʻullarning qadimiy anʼanalariga koʻra, ular bir nechta ayolni nikohlab olishlari mumkin edi. Ammo Chingizxon ikkinchi bor uylanib, Borteni ranjitishni aslo istamas edi. Temuchinning atrofidagi ishonchli odamlari unga yana bir bor uylanishi kerakligini, bu mamlakat vorislarining soni koʻproq boʻlishi uchun ham zarurligini taʼkidlar edilar. Borte aqlli va juda oqila edi, u Chingizxonning ushbu qarorini bosiqlik bilan qabul qildi, sevimli erining har bir soʻzi uning uchun ilohiy gapdek edi. Oʻsha vaqtlarda harbiy yurishlar chogʻida asir tushgan qizlar joriya sifatida saroyga olib kelinardi, Chinizxonning kanizaklari soni 2000 dan ortiq boʻlsa ham ularning aksariyatini xon biror marta boʻlsa-da, koʻrmagandi. 

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Kunlarning birida moʻgʻul xoni oʻz yeridan tatarlarni quvib chiqarmoqchi boʻldi. Aynan quvgʻin paytida sohibjamol tatar qizi Yegusanga koʻzi tushdi. U shunchalar chiroyli ediku xon uni zudlik bilan xaramga olib kelishlarini buyurdi va unga uylanish qaroriga keldi. Chingizxon qizga oʻz maqsadi haqida soʻzlagan vaqtida Yegusan boshini quyi solib, uzoq yigʻladi. Hayratda qolgan xon ushbu holat uchun izoh talab qildi, qiz esa opasi Yesuy haqida unga soʻzlab, uni juda yaxshi koʻrishi va shafqatsiz moʻgʻullar qoʻlida halok boʻlishi mumkinligini aytdi.

Askarlar Yesuyni saroyga olib kelganlarida Chingizxon uning husniga mahliyo boʻlib qoldi, shu zahotiyoq toʻyga tayyorgarlik ishlarini boshlash uchun buyruq berdi. Opasini topganidan boshi koʻkka yetgan Yesugan oʻz oʻrnini opasiga boʻshatdi. Soʻngra Chingizxon va Yesuyninng toʻylar boʻlib oʻtdi. 

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Ammo Yesuy xonning nazariga tushganidan aslo hursand emasdi. U hamisha tushkun kayfiyatda yurar, hech kim bilan suhbatlashmasdi.

Xon sevimli rafiqasining koʻngliga yoʻl topish uchun harakat qilar, ammo uddasidan chiqa olmasdi. Kunlarning birida Yesuyning sirini uning singisidan bilib oldi. Yesuy oʻz yurtida, yosh tatar yigitiga koʻngil bergan, uning sevimli rafiqasi boʻlishni orzu qilgan ekan. U uzoqlarga tikilgancha kun kelib yorining jamoliga yetishishni orzu qilardi.

Bu haqida bilgan xon gʻazablanib, askarlariga yosh rafiqasini koʻzdan yoʻqotishni va uning yonidan bir zumga ham jilmaslikni buyurdi.

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Kunlarning birida navbatdagi harbiy yurish sabab holdan toygan xon oʻz rafiqalari bilan tanovul qilib oʻtirgan vaqti Yesuy bezovta boʻla boshladi. Sezgir xon bu yerda bir gap borligini sezdi va zudlik bilan askarlarga atrofni qurshab olishni buyurdi. Shu vaqt askarlar orasida bir begona yigit bor ekanini sezib qoldilar.

Yigit xon tomonga qarab, oʻzini Yesuyning qalligʻi deb tanishtirdi. Tatar yigitning ushbu qiligʻidan gʻazabga tushgan xon uning jonini olishni buyurdi. Qoʻrqib ketgan Yesuy hushdan ketdi, u bir necha kun davomida oʻz oʻtovidan chiqmay, sevgan insoni uchun koʻz yosh toʻkdi. Chingizxonning yosh rafiqasi bilan til topishmagan Borte unga qarab ham qoʻymadi, Yesugan esa opasining koʻz yoshlariga sherik boʻldi. 

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Chingizxon bu vaqtda yana xarbiy yurishga tayyorgarlik koʻrardi. U safarlarga ham sevimli rafiqalarini birga olib borar, bu gal ham odatdagidek uni Yesuy va Borte kuzatib borishlari kerak edi. Yesuyning yonida ogʻir ayb qilganini tushungan xon hamon uning koʻnglini koʻtara olmasdi. Moʻgʻu lxoni uning rashkini keltirish uchun soxibjamol qizlarni haramga olib kela boshladi, bir nech yil ichida uning rafiqalari 26 taga yetdi.

Chingizxonning bu vaqtda ikki oʻgʻli boʻlib, ularning birini Borte, ikkinchisini Xulan ismli ayol dunyoga keltirgandi. Yesuy esa oʻz xolatini oʻzgartirmas, ammo hayotidan ham nolimasdi. 

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Kunlardan birida gʻamgin Yesuy xondan oʻlimidan keyin bu davlatni kim boshqarishi haqida soʻradi. Chingizxon aynan man ash daqiqadan kun kelib oʻlishi toʻgʻrisida birinchi bor oʻylab koʻrdi. U bir necha kun davomida mijja qoqmadi, abadiy yashash usullari bor yoki yoʻqligi haqida oʻyladi. Oʻta uzoq umr koʻruvchi Xitoy ruhoniylari haqida eshitgani uchun ulardan birini chaqirtirib keldi. Ruhoniy unga oʻzi bilgan sirlarni oʻrgata boshladi. Ammo oʻlimni yengib boʻlmasligi, shunchaki uzoq umr koʻrish mumkinligini aytdi. 

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Xon oʻlimi yaqinlashganini sezgan vaqtida Bortening oʻgʻli Oʻqtoyni taxt vorisi deb eʼlon qildi. Buyuk moʻgʻul xoni 1227 yilda 82 yoshida vafot etdi. Ammo uning dafn etilgan joyi bugunga qadar maʼlum emas.

Yesuyning taqdiri qanday yakun topgani haqida biror bir tatixiy maʼlumot mavjud emas. Maʼlum boʻlgani shuki, u hech qachon xonni sevmagan. Shu sababli ham tarix uni armonli muhabbatiga vafodor ayol sifatida yodga oladi…

Chingizxonning javobsiz muhabbati
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar