Sayohat

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Yevropaning mistika poytaxti boʻlmish mazkur hudud Eski shahar nomi bilan yaxshi tanilgan. Aytishlaricha, bu yerda koʻp sonli arvohlarni oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrishingiz mumkin ekan. Hududdagi Faust uyida bir zamonlar oʻz davrining mashhur al-kimyogari sanalgan Eduard Kelli hayot kechirgan. Odamlarning soʻzlariga qaraganda, ushbu bino ichiga kirgan har bir kishi kelajakda omad bilan toʻqnashar emish. 

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Bilsangiz, Praga shaxrining ramziy arvohi ham bor. Uni Yaxima Berki ruhi deb atashadi. U hayotlik paytlarida oʻzining tanlagan yorini boʻgʻib oʻldirgan. Bugungi kunda arvoh har oyda bir marta Planer koʻchasida paydo boʻladi va begunoh kelinchak bilan suhbat qurish umidida kezib yuradi. Aytishlaricha kun kelib mazkur hodisa sodir boʻlsa, Yaximaning ruhi ham taskin topar emish.

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Yoʻq, bu yerda siz taxmin qilgandek olmoslar ham, qimmatbaho toshlar ham mavjud emas… Ammo qadimiy gʻor ichida tosh asriga tegishli suratlar joylashgan. Ular insoniyat tarixidagi birinchi suratlar sirasiga kiradi. Rasmlarda turli jonivorlar, bugʻular, toʻngʻiz hamda odamlar taʼsvirlangan. Suratlar shunchalik ajoyib usulda ishlanganki, ayrim insonlar ibtidoiy odamlar bunga qodir boʻlmaganliklari, suratlar aslida oʻzga sayyoraliklar tomonidan chizilganini aytishadi. Har ne qilganda ham, mazkur suratlar bundan 32-19 ming yil avval ishlangan ekanligi maʼlum. 

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Yevropaliklar orasida mazkur saroyda erkak kishi arvohi yashashi haqidagi shov-shuvlar keng tarqalgan. Turistlar esa u bilan uchrashish umidida yurak yutib saroyga kelishadi.

Yan Palfiy ismli leytenant bir zamonlar ushbu saroyning sohibi boʻlgan va goʻzal qizga oshiq boʻlib qolgan. Ammo qiz leytenantning taklifini rad etadi. Tushkunlikdagi oshiq umrining qolgan qismini yolgʻizlikda, zohidlik bilan oʻtkazgan, boyligining barcha qismini yetimxonalarga tarqatib bergan. Yan boshqalar kani qabristonga emas, oʻzining saroyi ichiga koʻmilgan. Shu sababli ham uning ruhi hamon saroy yoʻlaklari orasida kezib yuradi. Aytishlaricha, arvoh baʼzan oppoq libosli ayol bilan birgalikda koʻrinish berar emish.

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Ammo bu leytenantning taklifini rad etgan sohibjamol ruhi emas. Ayolning ismi Anna Berna boʻlgan va 30 yillik urush vaqtida dushman tomon askarlaridan birini sevib qolgan. Muhabbati uchun raqiblariga strategik sirlarni aytib bergan, buning oqibatida uni oʻlimga mahkum qilganlar.

Tergov vaqtida esa Annani shu saroyga olib kelishgan. Oʻlimidan keyin esa uni ham Yanning yoniga dafn qilishgan.

Saroy juda yaxshi holatda saqlangan. Ammo bu yerga asablari boʻsh odamlarning kelishlari mutlaqo tavsiya etilmaydi. Sababi turistlar orasida Yan va Anna bilan toʻqnash kelib, yurak hurujiga uchrab qolgan jabrdiydalar ham boʻlgan ekan.

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Mazkur koʻl nomi Yevropa xalqlari orasida juda ham mashhur. Bu yerdagi chuchuk suv zaxirasi miqdori Buyuk Britaniyadagi suv zahirasini ortda qoldiradi. Ammo insonlarning koʻlga serqatnov ekanligi sababi bu emas. Aytishlaricha, mazkur koʻlda ulkan mahluq hayot kechiradi. Odamlar unga Nessi deya nom ham berishgan. Taxminlarga koʻra,maxluq yoki dinozavrlarning tirik qolib ketgan vakillaridan biri, yoki fanga nomaʼlum jonzod boʻlishi mumkin. Odamlar orasida uni koʻrganlar bor ekanligi aytiladi. Ammo, olimlar bu yerda maxluq yashashi haqidagi fikrni inkor qilishgan.

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Janubiy Transilvaniyaning togʻli hududida joylashgan mazkur saroyning asl nomi “Bran” boʻlgani bilan uni Drakula saroyi sifatida yaxshi bilishadi. Saroy bir zamonlar turk sarkardalaridan himoya qiladigan qalʼa sifatida bunyod qilingan. Keyinchalik u Vlada Sepesha ismli shaxsning rezidensiyasiga aylangan. Ushbu inson mistik romanlar sharofati bilan Yevropada Graf Drakula sifatida nom qozongan. Bugungi kunda saroy asablari metindan boʻlgan sayyohlar uchun ochiq holatda saqlanadi. 

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar