Daxshatli manzara: Quldorlik hamon mavjud boʻlgan zamonaviy mamlakat

Shunday mamlakatlarning biri – mamlakat umumiy aholisiga nisbatan qullarning solishtirma salmogʻi 20 foizdan ortiq boʻlgan, bugungi kundagi quldorchilik eng gullagan mamlakat - Mavritaniya.

Bu yerda qullar savdosi bilan majburiy mehnat taqiqlanganiga qaramay Milliy bogʻlar, oppoq plyajlar, qadimiy shaharlar va ajoyib tabiy goʻzal manzaralarga boy mamlakat quldorik haligacha tag-tubi bilan yoʻqotilmagan mamlakatlarning mudhish roʻyxatiga boshchilik qilib kelmoqda. Deyarli 40 yil avval quldorlikni rasmiy taqiqlash boʻyicha hujjatni imzolagan oxirgi mamlakat Mavritaniya boʻlib, ushbu mamlakatda 1981yili quldorlik mutlaq bekor qilinishiga qaramay bu faqat qogʻozda qolgan.


Norasmiy jihatdan tahminan yarim milliondan ortiq odam Mavritaniyada kimningdir mulki hisoblanadi. Bu vaziyatda xatto jamoa tashkilotlarining ham qoʻlidan hech narsa kelmayapti, chunki qullarga egalik qilishdan nafaqat oddiy badavlat odamlar, balki politsiya amaldorlari, qolaversa, eng yuqori rahbariyat ham manfaatdor –tarixning taqozosi shunday boʻlib qolgan va bundan hech kimning voz kechgisi yoʻq. Qullarning mehnati tekin, buning turgan-bitgani esa juda katta manfaat, axir, chunki qullarning turmush sharoiti, salomatligi bilan hech kimning ishi yoʻq.


Quldorlik tartibi oʻta qadim zamonlardan buyon maʼlum. Xususan Mavritaniya toʻgʻrisida gap ketsa, bu yerdagi qullar harbiy harakatlar paytida asirlikka olingan yoki shunchaki Saxara choʻlining koʻchmanchi xalqlaridan sotib olinar edi. Ularning aksariyati qora tanlilar, ularning avlodlari esa xoʻjayinlarning bir avlodidan keyingilariga meros qilib qoldirilib kelgan.

Qullartomonidan bajariladigan asosi ishlar – bu xoʻjalikka oid yumushar, mehnatning eng past turlari, hayvonga qarash, yigʻishtirish maqsadida foydalaniladi, ayollar esa aksariyat hollarda oqsochlar va oshpazlar. Qullarning farzandlari ham tabiiy ravishda qul boʻlib qoladi.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, qullarning koʻpchiligini ularning taqdiri qondiradi va ular xoʻjayinlaridan umuman ajralish istagi yoʻq, chunki ular mustaqil hayotni xatto tasavvur ham qila olmaydi. Buning sababi shundaki, quldorlar tomonidan mustaqil hayot toʻgʻrisida xatto orzu qilish ham taqiqlangan. Agar qullarning birortasi bir soniya boʻlsada hayol surib turgan holatda nazoratchilarning eʼtiboriga tushib qolsa, u juda shafqatsizlarcha jazolanishi aniq. Qullar bu mamalakatda yolgʻiz oʻzi mustaqil ravishda ishlab qanday pul topish mumkinligini bilmaydi.

Xoʻjayin esa ovqat hamda suv, yana boshpana bilan ham taʼminlaydi. Qullarning koʻpchiligi taqdirga ishongani va “yaratgan peshonasiga shu taqdirni bitgan” deb hisoblashlari tufayli, xoʻjayinlarining tez-tez qaytariladigan oʻta qoʻpol munosabatlari-yu zoʻravonligiga qaramay, xatto ozodlik harakatiga ham qarshilik qiladilar.

Bunday koʻr-koʻrona boʻysunuvchanlik hamda ishlatishning qulayligi quldorlarga yangi va yangi ishchi kuchlarini sotib olishga, qul sotuvchilarini esa yangi “tovar” izlashga undaydi, chunki bu juda serdaromad biznes. Agar avval qullarni bosqinlardan haydab kelingan boʻlsa, bugungi kunda qashshoq oilalar oʻzlari oʻz bolalarini sotib yubormoqda.

Bir tarafdan, ularning oʻzlarini bir burda non vaish bilan taʼminlash, ikkinchi tarafdan ortiqcha ogʻizdan qutulish uchun. Statistika maʼlumotlariga koʻra dunyo boʻyicha bolalar majburiy mehnatining yarmidan ortiqrogʻi Afrikaga toʻgʻri kelmoqda.

Bugungi kunda xoʻjayin-qul munosabatlarini faqatgina Mavritaniyada emas, Afrika, Hindiston, shuningdek, Lotin Amerikasining bir qator boshqa mamlakatlarida ham uchratish mumkin. Biroq bu Yevropa, Amerika, Rossiya yoki istalgan boshqa yerda quldorlarning qoʻliga tushib qolish havfi yoʻq degani emas, chunki bu yerlarda bir qaraganda hamma narsa qonuniydek tuyulishi mumkin. Badavlat migrantlar, badavlat mamlakatlarga koʻchib oʻtib, oʻzlari bilan goʻyo xizmat qiluvchi shaxslarni yetaklab keladi. Ammo haqiqatda esa bu odamlarning mehnatlari uchun hech qanday haq toʻlanmaydi, biroq ular quldorlardan ajralib, ozod boʻlib ketishning ham ilojini topa olmaydi. Shu tarzda koʻpchilik beihtiyor qulga aylanib qolmoqda.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



