Qiziqarli

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Burj al-Xalifa – dunyodagi eng baland bino, oʻziga hos arxitektura va dizayn bilan bezak berilgan inshoot. Ushbu bino balandligi 828 metrga teng boʻlib, undagi qavatlar soni 163 tani tashkil qiladi. Qizigʻi shundaki, u oddiy binogina emas, Dubay ichidagi kichik shaxar hamdir. Ushbu bino ichida mehmonxonalar, zamonaviy ofislar va tomosha maydonlari joylashgan.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Mazkur inshootni dunyodagi eng ajoyib mehmonxona deya haqli ravishda eʼtirof etish mumkin. U yelkan koʻrinishiga ega boʻlib, Dubay sohillaridan oʻrin olgan. “Burj al-Arab” nomi “Arab minorasi” degan maʼnoni anglatadi. Balandligi 300 metrga teng boʻlgan mehmonxona haqiqatdan ham oliy maqtovlarga arziydi.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Dubay savdo festivali- shopogolik insonlar uchun asl tantana boʻlib, dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarga Dubai Events and Promotions kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Savdo festivali 1996 yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. Avvaliga uning asosiy maqsadi Dubayga turistlarni koʻproq jalb qilish edi holos. Natija kutilganidan ham aʼloroq boʻldi, bu esa bayram tashkilotchilarini yangiliklar tomon ilhomlantirib yubordi.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Dubay shahrida joylashgan mazkur akvopark hududdagi eng ajoyib koʻngilochar maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yerdagi attraksionlar insonni hayratga solish darajasida, shunday ekanki shahar mehmoni boʻlsangiz, bu yerga ham kelib koʻrish yodingizdan chiqmasin.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Bu dunyodagi eng katta akvariumlardan biri. Uni “Dubay” savdo kompleksi ichida uchratish va suv osti olamining barcha goʻzalliklaridan baxramand boʻlish mumkin. Akvariumda 33 ming turli jonivorlar istiqomat qiladi. Ular orasida akula va skatlar ham mavjud.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Bu BAAning eng katta bozorlaridan biri. Ushbu hududdan oʻzingiz istagan har qanday koʻrinishdagi tilla buyumlarni topa olishingiz kafolatlanadi. Bundan tashqari, mazkur maskan butun mamlakatdagi eng qadimiy bozor hamdir. Sayyohlar esa zargarlik buyumlarining keng tanlovi bilan bir qatorda arzon narxlar sabab ham oltin bozoriga yopirilib kelishadi.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Palma Jumeyra- mashhur sunʼiy orol boʻlib, tashqi tomondan qaraganda palma daraxti koʻrinishida qilib ishlangan. Qizigʻi shundaki uni dunyoning sakkizinchi moʻjizasi sifatida eʼtirof etishadi.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Bu yerlik insonlar yeguliklar orasida shirinliklarni juda yaxshi koʻrishadi. Garchi shaharda turli mamlakat shirinliklarini tayyorlovchi tamaddixonalar son-sanoqsiz boʻlsa ham mahalliy aholi vakillari orasida yongʻoqli, quruq mevali, asalli shirnliklar juda keng tarqalgan. Sayyohlar umm ali pudinglari, maxalabiya, xandonpistali paxlava, sharbat, eshasaya pishloqli pirogi, xurmo va bodom birlashmasi, lukum kabi shirnliklardan bajonidil tatib koʻrishadi. Ushbu shirinliklarni yaqinlaringiz uchun tuhfa sifatida oʻzingiz bilan birga olib ketishingiz ham mumkin.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Dubayda insonlar yirtqich jonivorlarni uy hayvoni sifatida boqishadi. Aytishlaricha bu oʻziga hos hashamat belgisi emish.

Dubayda jinoyatchilik darajasi 0% ga teng. Sababi, kichik hato uchun ham katta jazolar belgilanadi.

Dubay politsiyasi Lamborjini, Ferrari, Bentli, Mersedes-Benz kabi qimmatbaho mashinalarda harakatlanadi.

Shahar aholisining 83%i muhojirlardir.

Bu yerda qarz olish masalasiga juda jiddiy qarashadi va qarzini toʻlamagan insonlar shahardan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari

Dubay aholisi daromad soligʻi toʻlamaydi. Bundan tashqari uy, tibbiy hizmatlar, taʼlim olish jarayoni uchun ham davlat pul ajratadi.

Dubayda juftliklar tomonidan hissiyotlarning oshkora namoyish qilinishi mutlaqo mumkin emas. Bu qamoq jazosigacha olib borishi mumkin. Shu sababli ham shahar ichidagi oilaviy juftliklar ham odamlar qarshisida bir-biridan boʻsa olishlari tugul qoʻl ushlab yurishga botina olishmaydi.

Dubayning eng mashhur va chiroyli joylari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar