Atrofdagilarning koʻngliga yoʻl topishda ahamiyatli boʻlgan 6 ta jihat

Bunday odat bizni ikki karra oʻldira olish kuchiga ega. Oʻzimizcha nima boʻlishini bilgandek boʻlamiz-da, shoshilib qarorlar chiqaramiz. Bundan tashqari odamlarni fikrini oʻqigandek boʻlamiz va ularning harakatlarini tushunishga urinamiz. Aynan shu narsa yaqinlarimiz bilan oramizdagi iliq munosabatlarimizni buzadi. Birov bilan gaplashmay, fikrini aniq bilmay turib hech qachon koʻnglingizni undan qoldirmang.

Koʻpchiligimiz kichik omadsizliklarga uchrab qolsak, darxol tushkunlik libosini kiyib olamiz. Aslida ularni tik turib, gʻurur bilan yengib oʻtishimiz kerak emasmi? Pashshadan fil yasash kabi odatlarimizni bekor qilishimiz kerak. Bunday odatlar bizni odamlarning rahmini keltiruvchi shaxs qilib koʻrsatadi.

Biz oʻylab topgan “kerak”, “zarur” qoidalar hech kimga kerak emas, ayniqsa bizga. Bularning barchasi safsata gaplar. Oʻzimiz oʻylab topgan qoidalar bizni keraksiz yoki hech nima qoʻlidan kelmaydigan inson qilib koʻrsatadi. Hayotni iloji boricha oson qabul qila olishimiz zarur.

Maqsadlaringiz ushalmay qolsa, ortga chekinmang. Oʻz yoʻlingizda toʻsiqlar barpo etmang, sizga ishonmaydigan salbiy gaplar gapiruvchi insonlardan qoching. Ular hayotingizda toʻsiq yaratishga harakat qilishadi. Ehtiyot boʻling, gapirayotgan gaplaringizni bilib gapirig.

Bu dunyoda hech kim mukammal boʻla olmaydi. Shunday ekan, ishda ham, shahsiy hayotda ham hamma narsa mukammal boʻlshi uchun haddan ziyod kuch sarf qilmang.

Har bir gapga eʼtibor beraversangiz bunday yashab nima qilasiz? Odamlarning gapi bilan emas, oʻz prinsiplaringizga binoan yashang. Sizni bilmaydigan insonlar siz haqingizda qanday oʻylashlari bilan qiziqmang. Siz haqingizda biladigan esa gʻiybat qilsalar ikki karra befarq boʻling. Aks holda oʻz hayotingizda emas, balki gaplar dunyosida yashayotgan boʻlasiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



