SSSR lik emigrant milliarderning 85 million$ uyi qanday koʻrinishda?

Mazkur uy Sobiq Ittifoq, aniqrogʻi Gruziyadan kelgan muhojir Tamir Sapirga tegishli. U Nyu-York koʻchmas mulkidan pul biriktirgan. Sapir AQSHga kelganida ishni taksi haaydovchiligidan boshlagan, keyin esa oʻzining elektronika doʻkonini ochdi, u yerda birinchi navbatda rus mijozlarga xizmat koʻrsatishgan. keyin Tamir neft kompaniyalari uchun elektronika taʼminotini tashkil etdi. Ishlab topgan pullarini koʻchmas mulkka kiritgan va shu tariqa u 2002-yilda milliarderga aylangan.
Tamir Sapir 2014-yilda vafot etgan. Kimligini yashirgan uyning hozirgi egasi uni 2013-yilda 15,9 million dollarga sotib olgan, lekin aytishlaricha, u yerga koʻchib bormagan. 2015-yilda esa saroy 100 ming dollarga sotilgan.


Saroy mulk - Long-Aylend qirgʻoqlaridagi eng ulkan va qimmat inshoot. Hozirgi kunda u yana sotuvda.

Uy Manhattandan 40 kilometr uzoqlikdagi Kings-Pointda joylashgan.

Hududning katta qismini parvarishlangan maysalar va bogʻlar egallaydi. Baʼzi binolarga egri podyezd yoʻllar olib boradi.

Asosiy uy - minorali toshli saroy - 1928-yilda qurilgan boʻlib, u oʻtgan asrning 20-yillaridagi joziba va hashamni oʻzida mujassam etadi.

Uy koʻp bora rivojlantirilgan, shuning uchun u yerda barcha hashamat qulayliklari mavjud.













Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



