Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot

1. Patlar namlanmaydigan maxsus modda bilan qoplangan. Aynan shu hususiyat qushlarni yomgʻirdan himoya qiladi. Patning ustiga tushgan tomchilar unga singmasdan pastga tushadi. Xuddi shu sababga koʻra, suv qushlari hech qachon choʻkmaydi - ularning dumlarida yogʻ chiqaradigan bez bor. Qushlar uni tumshugʻi bilan butun vujudga yoyib, patlarni namlanishidan oʻzlarini himoya qilishadi.

2. Patlar qushlarni nafaqat suvdan, balki issiqlik, sovuq va hatto ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qiladi. Aytishimiz mumkinki, bu har xil fasllar uchun universal himoya.

3.Paxmoq patlar hattoki izgʻirinda ham qushlar tanasini sovuq haroratdan himoya qila oladi. Gap shundaki paxmot patda ideal izolyator boʻlib, unga hatto sintetik materiallar ham raqib boʻla olmaydi.

4.Tovuslarning yorqin patini optik illyuziya deb atash mumkin, chunki ularning patlari chindan ham jigarrang. Haqiqat shundaki, yorugʻlik toʻlqinlarining patga tushishi uning rangi oʻzgarishiga sabab boʻladi. Bu uni rang-barang qiladi. Shunga oʻxshash holatni sovun pufakchalarida ham kuzatishingiz mumkin.

5 .Uchish patlarini tuzilishi tufayli miniatyura qanoti deb atash mumkin. Qanotning old tomoni orqa tomoniga nisbatan koʻproq yelpinadi. Ularning magistralida kichik bir truba bor, buning natijasida ular buzilmasdan kuchli egilishga qodir.

6. Boyqushlarning patlari shunday tuzilganki, ularning parvozlari shovqinsiz oʻtadi. Bu esa qushlarga qorongʻida oʻljasini hech bir qiyinchiliksiz ovlashga imkon beradi.

7. Parvoz qilish natijasida patlar qariydi va toʻkila boshlaydi. Toʻkilgan patlarning oʻrnini esa yangi patlar oʻsib chiqish orqali toʻldiradi. Shu bois ham qushlarning qanotlari hech qachon uchish qobiliyatini yoʻqotmaydi.

8. Pat faqatgina qush va parrandalarda mavjud. Dunyodagi qolgan jonzodlar bunday “mojiza”dan bebahradirlar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



