Zamonaviylashgan deraza tokchalari

Kitobsevarlar, tikish, toʻqishni hush koʻruvchilar,ijodiy ish bilan shugʻullanuvchilar uchun yorugʻ joy – deraza oldidan yaxshi makon yoʻq. buning uchun deraza oldiga qulay divan-banketka qoʻyib, tokchadan unumli foydalanish mumkin. Tikish-bichish uchun kerak boʻlgan anjomlar uchun etajerka qoʻyish ham maqsadga muvofiq. Deraza oldida ishlashning yana bir tomoni shundaki, ishdan toliqqanda oʻtirgan joyingizdan tashqi olamni bemalol tomosha qilasiz.

Choyxoʻrlini aynan koʻchada boʻlayotgan voqealar guvohligida davom ettirish kimga maʼqul kelmaydi, deysiz? Bir piyola choy ustida oddiygina ob-havo toʻgtisidagi suhbat ham deraza yonida kechsa, buni oʻzgacha gashti bor. Oʻzingizga bunday sharoit yaratish uchun bor yoʻgi deraza tokchasini kengaytirishingizga toʻgʻri keladi. Uyingiz sharoitidan kelib chiqan holda tokchani 1 metrga kengaytiring. Uning koʻrinishi yarim oval shaklida boʻlgani maqsadga muvofiq.

Derazalarning yonidagi devorlar tor va ingichka. Bundan tashqari isitgich batareyalarining ham bu yerga joylashtirilgani doimo noqulaylik tugʻdiradi. Mazkur devorlardan unumli foydalanish yoʻli- unga ochiq javon oʻrnatish boʻsa kerak. Bu bilan siz birinchidan, joyni tejaysiz, ikkinchidan, supperrusumli honadon egasiga aylanasiz. Kichik javonni rang-barang buyumlar bilan toʻldirsa boʻladi.

Xonadagi deraza tokchasi odatdagidan past boʻlsa, unga qoʻshimcha supa qurish mumkin. Bu supada choyxoʻrlik qilishingiz yoki undan deraza ostidagi keng va yorugʻ yotoqxona sifatida foydalanishingiz mumkin.

Sizning koʻp qavatli uydagi xonadoningiz derazasi osma balkonchaga qaragan boʻlsa, nur ustiga aʼlo nur. Chunki u yerda qishki va yozgi bogʻni yaratishingiz mumkin. Erker deya ataluvchi bu loyixa uyingizni oʻziga hos bezab, keng va yorugʻ koʻrsatadi. Modomiki, derazalarni plastik rom bilan oʻzgartirayotgan ekansiz qulay fursatni qoʻldan boy bermang.
boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



