Mashhurlarning gʻalati fobiyalari

Yuqori mavqe, baland gonarar, ajoyib martaba va yutuqlarga qaramay, taniqli odamlar ham fobiya borasida oddiy odamlardan farq qilmaydi. Boshqalar singari koʻplab mashhurlar ham turli tuman fobiyalardan aziyat chekishadi. Bugungi maqolamizda ularning eng gʻalatilari bilan sizni tanishtiramiz.

Oʻzining koʻrsatuvida allaqachon bir necha avlod qizlar va ayollarni tarbiyalagan taniqli teleboshlovchi oddiy saqichga nisbatan oʻta salbiy munosabatda. Suhbatdoshning doimiy harakatlanadigan jagʻlarini koʻrish Oprani haqiqiy dahshatga soladi. Oʻzining shousida ushbu mahsulotni butunlay taqiqlangan. Taqiqni buzishga jurʼat etgan kishi darhol ishdan boʻshatiladi.

Alfred Xichkok oddiy tuxumdan qoʻrqardi. Bir safar intervyuda Xichkok singan tuxum bilan qolgandan koʻra murda bilan qolishni maʼqul koʻrishini aytib oʻtgan.

Kristina Richchi noyob kasallikdan aziyat chekadi - botanofobiya dunyo boʻylab odamlarning atigi 3 foizida kuzatiladi. Xususan, qiz xona oʻsimliklarini iflos va xavfli deb hisoblab, ularga nisbatan kuchli antipatiyaga ega.

Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi Prezidenti, Amerika inqilobining qahramoni Jorj Vashington tiriklayin koʻmilishdan juda qoʻrqardi. U oʻlim toʻshagida oʻlimidan keyin har ehtimolga qarshi yana uch kun koʻmmasliklarini talab qilgan.

Stefani Kinan ovqat haqida gapirishni yomon koʻradi. Har safar televizor ekranida reklama paydo boʻlganida qiz xonadan chiqib ketadi. Bir necha marta, Stefani juda foydali tijorat takliflarini bilvosita oziq-ovqat bilan bogʻliqligi sababli rad etgan.

Bizning roʻyxatimizning eng gʻalati fobiyalaridan biri: Pamela Anderson koʻzgulardan qoʻrqadi. 90-yillarning eng jozibali ayoli uylarda koʻzgusiz yashaydi va oʻzini televizorda koʻrishdan bosh tortadi. Ha, qiz aniq notoʻgʻri kasbni tanlagan.

Mashhur ixtirochi va futurist Nikola Tesla marvaridlar qoʻrquvidan aziyat chekib, ularni kiygan ayollar bilan gaplashishdan ham bosh tortardi.

AQSh prezidenti Richard Nikson kasalxonalardan mantiqsiz ravishda qoʻrqishdan aziyat chekdi. 1974 yilda ushbu fobiya davlat rahbarining hayotiga zarar yetkazdi. Nikson kasalxonaga oilaviy shifokori uning hayoti katta havfda ekanligini aytganidan keyingina borishga rozi boʻldi.

Nikol Kidman ilon yoki oʻrgimchaklardan qoʻrqmaydi va hatto bir marta uyida haqiqiy sichqonni saqlagan. Ammo oddiy kapalaklar aktrisada boshqarib boʻlmaydigan vahima qoʻzgʻatadi. Bu biroz gʻalati, boisi uning sevimli yozuvchisi - kapalaklar ovchisi Vladimir Nabokov.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



