Afrikalik eng mashhur Supermodellar

Oʻzining goʻzalligi va aql bovar qilmaydigan mehnatsevarligi tufayli hayotda muvaffaqiyatga erishgan model Zolushkaning naq oʻzi. Varis Somalida (1965) kamtaʼminlangan, koʻp bolali oilada tugʻilgan. Agar u 13 yoshida uydan qochib, nufuzli qarindoshining yordami bilan Londonga koʻchib kelmaganida, uni koʻplab afrikalik ayollarning taqdiri kutgan boʻlardi. Qiz bir necha yil xizmatkor vazifasini bajarib, uning oilasida yashadi. Koʻpgina taniqli modellar singari, u fotosuratchi Malkolm Feyrchild tomonidan kashf etilgan. Varis nafaqat podiumda ishlagan, balki dunyodagi Revlon, Benetton va boshqa brendlarning reklamalarida, kliplarda, hattoki badiiy hamda hujjatli filmlarda rol oʻynagan. Shaxsiy hayoti ham izga tushgan.U turmushga chiqdi va farzandli boʻldi. Modellik faoliyatidan tashqari, Varis bir nechta kitoblar yozib, ijtimoiyishlarda faol ishtirok etadi. U Afrikadagi ayollarga yordam beradi.

U Efiopiyada tugʻilgan (1978). Mashhur model, aktrisa va dizayner. Qiz oʻzining modellik faoliyatini Efiopiyada boshladi, keyin agentining maslahati bilan Parijga koʻchib oʻtdi. Liya taniqli moda dizaynerlarining koʻplab aksiyalarida va shoularida qatnashgan. U Yves Saint Laurent va Esti Lauderning yuzi edi. Liya shuningdek, Lemlem bolalar kiyimlari toʻplamining yaratuvchisi hamdir.Aytgancha, Liya Kebede yana bir afrikalik marvarid Varis Dirining taqdiri haqidagi "Choʻl gullari" filmida asosiy rolni oʻynadi. Bir muncha vaqt u dunyodagi eng koʻp maosh oladigan supermodellar qatorida edi. Qizning ikki farzandi bor. Liya oʻz nomidan bolalar oʻlimi bilan kurashadigan xayriya jamgʻarmasini tashkil etdi va Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining onalar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalar salomatligi boʻyicha elchisi sifatida xizmat qiladi.

Asli Nigeriyadan boʻlgan qoratanli sohibjamol (1982). Katta va kambagʻal oilaning qizi bolalikdan model boʻlishni orzu qilgan. Oʻz vatanida turli xil goʻzallik tanlovlarida qatnashdi. Agbani juda koʻp reklamalarda rol oʻynagan va har xil modellik tanlovlarida qatnashgan. U qora tanli afrikalik ayol boʻlib, 2001 yilda "Dunyo goʻzali" unvonini birinchi boʻlib qoʻlga kiritdi. Agbani Darego yana bir nufuzli “Koinot goʻzali” tanlovida kuchli oʻnlikka kirgan.

Model bolaligini Senegaldagi oʻtkazgan (1985-yilda tugʻilgan), oxir-oqibat oilasi bilan Fransiya, soʻngra AQShga koʻchib oʻtdi. Asosiy modellik faoliyatidan tashqari u Supermax guruhining kliplarida suratga tushgan, dunyoning yetakchi modellik agentliklari bilan hamkorlik qilgan. Dji Make-up Forever, Coca-Cola Light, Alfa Romeo, Vivienne Westwood, NOKIA kabi brendlarni namoyish etdi. Dji oyoqlarining uzunligi 125 sm, va bu dunyodagi eng uzun oyoqlardan biri. Dji Davidvidela Afrika qitʼasining qashshoqligini bilib oldi, shuning uchun endi boyib, xayriya tadbirlarini uyushtirmoqda, u YuNESKOning ezgu niyatli elchisihamdir.

Beqiyos Imon- afsonaviy Devid Bouining rafiqasi. Asli Somalidan (1955). Afrikalik qizlarning aksariyat qismidan farqli oʻlaroq, Imon mukammal maʼlumot oldi. Modellik kariyerasi boʻlajak podium yulduzi AQShga koʻchib oʻtgandan soʻng boshladi. Supermodel kariyerasidan tashqari, Iman 80-90-yillarda filmlarda juda koʻp rol oʻynagan. Uning ishtirokidagi eng mashhur kartinalar: "Afrikadan tashqarida", "Taslim boʻling", "Chiqish yoʻq". Imon muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol. Uning mehnati mahsuli -IMAN Cosmetics, Skincare & Fragents va IMAN Global Chic. Imon Muhammad Abdulmajid - "Bolalarni hayotda saqlaylik" dasrurining ishtirokchisi.

Ushbu qizlarning barchasi turli xil boshlangʻich imkoniyatlarga ega, ammo chinakam goʻzallik va oʻtkir aqlga ega boʻlib, nafaqat modellik biznesida balki boshqa yoʻnalishlarda ham yuqori darajalarga erishdilar. Ular oʻzlarining isteʼdodlarini kino va yozuvchilikda namoyon etishdi, koʻplab xayriya ishlari bilan shugʻullanishdi va minglab yosh afrikalik ayollar uchun ilhom manbaiga aylanishdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



