Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar

Qish - bizning mamlakatimizda bu dekabr, yanvar va fevral oylari mehmon boʻlsa, janubiy yarimsharda - iyun, iyul va avgust oylarida mehmon boʻladi. Astronomik qish 21dekabrdan 21 martgacha davom etadi. Iqlimli qish kunlik oʻrtacha harorat nol darajadan pastga tushganda keladi.
Baʼzan qish hukmdorlardan birining buyrugʻi bilan kelishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bir paytlar Fransiya qiroli Lyudovik XIV yozda chanaga minishni xohladi. Hechqanday muammosiz Versal atrofida darhol tuz va shakardan tayyorlangan qor yoʻlagi qurildi.

Moskvada eng katta qor parchalari qishda emas, balki bahorda yoqqan. Bu 1944 yil 30 aprelda, poytaxtga toʻsatdan kuchli qor yogʻishi bilan sodir boʻlgan. Qor parchalari tuyaqush patlariga oʻxshab, insonlarning kaftiday katta edi.
Yevropalik sotsiologlar aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomalar davomida qiziq xulosalarga kelishdi - qishda tugʻilganlarda oʻzlarining 100 yoshlariga qadar yashash imkoniyatlarini boshqalarnikiga qaraganda 16% koʻproq boʻlarkan. Bundan tashqari, bunday insonlar bardoshliroq va koʻpincha sportda yuqori natijalarga erishadilar.

2012 yilda Venetsiyada shunday sovuq qish boʻlganki, gondolalar muzga botgan va suv ustida harakatlana olmagan. Bungacha shunga oʻxshash holat 1985 yilda kuzatilgan.
1468 yilda Burgundiya yertoʻlalarida qattiq sovuq tufayli sharoblar muzlab qolgan.

Qorparchalar odamning barmoq izlari kabi, har doim bir-biridan farq qiladi. Koʻp yillik tadqiqotlar davomida bir xil juftlik topilmagan.
Inson qoʻliga tushgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr boʻlgan.
Qishni yoqtirmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydilar, ammo undan qoʻrqadiganlar ham bor. Ular sovuqqa dosh berolmaydilar, qor va hatto muzdan qoʻrqishadi. Psixologlar buni kionofobiya deb tasniflaydilar.

Qishda eng past harorat koʻrsatkichlari qayd etiladi. Shunday qilib, Yerdagi eng sovuq vaqt 2013 yil 8-dekabr edi - Antarktidada Yaponiya stantsiyasida harorat -91,2ºS da qayd etilgan.
Agar bizda qish - dekabr, yanvar va fevral oylari boʻlsa, unda janubiy yarimsharda aksincha. U yerda taqvimiy qish bizda issiq yoz boʻlgan paytda keladi. Bu Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika va Janubiy Amerika uchun toʻgʻri keladi.

Mavzuga oid: qor haqida 24 ta qiziqarli fakt
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



