Qiziqarli

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

128 yil avval 1889 yil 31 martda Parijda Eyfel minorasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Shu kuni minora konstruktori Gustav Eyfel uning uchiga Fransiya bayrogʻini oʻrnatgan. Quyida Fransiya belgisi hisoblangan va Parijning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangan Eyfel minorasi haqida maʼlumotlarni keltiramiz.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

1. 1889 yilda tantanali ravishda ochilgan Eyfel minorasi oʻsha davrda dunyoning eng baland qurilmasi hisoblangan. Biroq 1930 yilga kelib Nyu-Yorkdagi “Kraysler” kompaniyasining balandligi 320 metrlik osmonoʻpar binosi Eyfel minorasidan oʻzib ketdi. Bugungi kunda esa minora Fransiyadagi baland qurilmalar ichida bor-yoʻgʻi beshinchi oʻrinni egallaydi.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

2.Bir qarashda Eyfel minorasi bir xil rangda koʻrinadi. Aslida qurilma 3 xil tusga boʻyalgan. Minora asosi toʻq rangda boʻlib, choʻqqisi eng och rangda boʻyalgan. Har yetti yilda minorani boʻyash uchun 60 tonna boʻyoq sarflanadi.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

3. Minoraning ikkinchi qavatida mashhur bosh-oshpaz Alen Dukass xoʻrandalar uchun restoran ochgan.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

4. 1912 yilda palto-parashyut ixtirochisi oʻz ixtirosini Eyfel minorasida sinab koʻrmoqchi boʻlib, minoraning uchinchi qavatidan sakrab, halok boʻldi.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

5.Ikkinchi jahon urushi davrida fransuzlar nemislarga taslim boʻlishdan avval sabotaj uyushtirdilar. Ular dushman minoraga chiqib, shahar manzarasini tomosha qila olmasligi uchun liftni ishdan chiqardilar. Biroq Gitler minoraga piyoda chiqishdan erinmadi. 1944 yilda lift tuzatildi va barcha ittifoqchi askarlarga bepul kirishga ruxsat berildi.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

6.Eyfel minorasining kichik nusxalari dunyoning turli burchaklarida bor: Amerikaning Las-Vegasida, Xitoyning Guanjou va Shenchjena, Ruminiyaning Slobozi shaharlarida, shuningdek Kopengagen (Daniya), Varna (Bolgariya), Aktau (Qozogʻiston) va hokazo.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

7.Gustav Eyfel minoraga oʻsha davrning mashhur 72 nafar faransuz muhandislari, olimlar va matematiklarning ismini oʻyib yozgan.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

8. 1925-34 yillarda Citroen avtomobil kompaniyasi minoraning toʻrt tomoniga reklamasini joylashtirgan. Bu oʻsha davrning eng katta reklamasi boʻlgan.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

9.Minoraning montaj ishlari bajarilayotganda bir odam baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlgan.

Eyfel minorasi haqida 10 ta maʼlumot

10. Tomas Edison Eyfel minorasini borib koʻrganda hayratda qolgan. Mehmonlar uchun taassurotlar kitobida shunday soʻzlarni yozib qoldirgan: “Buyuk Yaratuvchi – Xudoga tahsin oʻqiganday, zamonamizning muhandislik sanʼatining yirik va hayrotomuz ijodining asoschisi janob Eyfelga tasannolar aytaman. Tomas Edison.”

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar