Reklamada taomlarga ishtaha ochuvchi koʻrinishni beradigan 15 ta mohirona ayyorlik

Reklamada tabiiylik kam, har qanday narsa boʻrttirilib koʻrsatiladi, super ideal modellardan tortib yeguliklargacha. Buning uchun esa mutahassislar ancha ter toʻkadilar. Quyida biz sizlarga reklama mutahassislarining mohirliklari tufayli koʻzimizni quvnatib, ishtahamizni ochib yuboradigan darajada koʻrinadigan mahsulotlar haqida maʼlumotlar berib oʻtamiz.

Mevalarga yaltiratuvchi dezodorantlar bilan ishlov beriladi

Reklamada mevalar yaltirab koʻrinishi lozim. Buning uchun maxsus vositalar kerak emas. Sprey dezodorant ham toʻgʻri kelaveradi. Bunday dezodorant qulupnay, olma, uzum va boshqa koʻplab mevalarga yaltiroqlik bahsh etadi. Baʼzi meva reklamasining stilistlari esa soch uchun moʻljallangan laklardan ham foydalanadilar.

Oladyalarga qiyom oʻrniga motor yogʻi quyiladi

Haqiqatni bilsangiz, koʻnglingiz behuzur boʻlishi turgan gap, biroq koʻrinishi ishonarli. Haqiqiy qiyom oladyilarga singib ketadi, shuning uchun suratkashlar har bir kadrni suratga olishga ulgurishi uchun motor yogʻidan foydalanadilar. Mohirlikning yana bir yoʻli bor: oladyilarga suv shimib olishga qarshi oyoq-kiyim spreyi bilan ishlov beradilar. Ana shunda hech qanday qiyom singib ketmaydi.

Burgerlardagi kotletlar oyoq-kiyim moyi bilan boʻyaladi

Burger kotletlari reklamada xom boʻladi, ularni ikki tomondan hiyol qovurib oladilar, xolos. Shunday qilinsa, ular namlikni yoʻqotmaydilar hamda katta yogʻliqqina boʻlib korinadilar. Yanayam ishonchliroq koʻrinishi uchun esa oyoq-kiyim moyi bilan ozroq rang beriladi, gril izi tushishi uchun esa qizdirilgan shampur bostiriladi. Toʻgʻri bunday taom yeyishga also yaramaydi, biroq reklama ishonarli chiqishi uchun shunday ayyorliklardan foydalaniladi.

Dengiz mahsulotlari ustidan glitserin quyiladi

Dengiz mahsulotlari tezda qurib qoladilar. Ularga uzoq vaqt yangi va shirador koʻrinishlari uchun glitserin va suv aralashmasi bilan ishlov beriladi.

Xitoy lagʻmoniga glukoza qiyomi qoʻshiladi

Xitoy lagʻmoni tez tayyor boʻlgani bilan tezda qurib, koʻrinishini yoʻqotadi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun uning ustidan desert tayyorlashda ishlatiladigan glukoza qiyomi quyiladi.

Tortlat orasiga karton qoʻyiladi

Tortlar hajmni yoʻqotmasliklari va kremdan hoʻlo boʻlib qolmasliklari uchun ularning orasiga karton boʻlaklari qoʻyib chiqiladi va tish tozalagich bilan biriktirilib qoʻyiladi. Bu usul sendvich va burgerlar reklamasida ham qoʻllaniladi.

Ichimliklar reklamasida koʻpik hosil boʻlishi uchun suyuq sovundan foydalaniladi

Sut, qahva, pivo kabi ichimliklarni suratga olishda ularga suyuq sovun yoki idish yuvish vositasi qoʻshiladi. Bunda uzoq turuvchi koʻpik hosil boʻlib, tabiiy koʻrinadi va ichimliklarni yoqimli qilib koʻrsatadi.

Muzqaymoqning oʻrniga kartoshka pyuresidan fodalaniladi
Studiyadagi yorituvchi uskunalar sababli haqiqiy muzqaymoq tezda erib, koʻrinishini yoʻqotadi. Shuning uchun uni kartoshka pyuresi yoki kraxmal, qand upasi, joʻxori qiyomidan tayyorlangan pastalar bilan almashtiradilar. Bu narsani yeb boʻlmaydi, biroq koʻrinishi ishtahani ochadi.
Koʻpirtirilgan qaymoq oʻrniga – soqol olish kremi
Soqol olish kremi koʻpirtirilgan kremdan koʻra erimaydi va uzoq vaqt puchqaymay turadi. Bu suratkashning ishini ancha yengillashtiradi. Faqatgina biror kimsa bu “desert” ni yeb qoʻymasligidan ogoh boʻlib tursa bas.
Plastikdan qilingan muz boʻlakchalari
Muzqaymoq kabi muz boʻlakchalari ham yorituv uskunalari taʼsirida erib ketishi mumkin. Bunday holatda muzdak ichimliklar reklamasi uchun muzlatilgan plastik boʻlakchalar asqotadi.
Yorma boʻlakchalari reklamasida sutning oʻrniga yelim ishlatiladi
Haqiqiy sutda yorma boʻlakchalari hoʻl boʻlib, idish tubiga choʻkadilar. Agar sutni PVA yelimi bilan almashtirsa, yorma boʻlakchalari ularni suratga olguncha boshlangʻich koʻrinishini yoʻqotmaydi va choʻkmay, yuzada qoladi.
Gazli ichimliklarga antatsid vositalar qoʻshiladi
Limonadlardagi karbonad angidrid gazi tezda ketib qoladi. Biroq suvga jigʻildon qaynashiga qarshi ishlatiladigan antatsid vositasi qoʻshilsa, kimyoviy reaktsiya sodir boʻlib, suratga olish uchun kerak boʻlgan koʻpiklar yana hosil boʻladi.
Gril tovuqlarining ichi qogoz sochiqlar bilan toʻldiriladi
Reklamadagi tovuqlar aslida grilda tayyorlanmaydi. Ular ham huddi kotletlar kabi hiyol qovurilib olinadi hamda boʻyaladi. Koʻzni oʻynatadigan hajmga ega boʻlish uchun esa ichini qogʻozli sochiq bilan toʻldiradilar.
Qayla tayyorlash uchun mum ishlatiladi
Qayla qanchalik quyuq boʻlsa, suratkash uchun shuncha yaxshi. Shuning uchun qaylaga eritilgan mum qoʻshiladi. Bu kerakli konsistentsiyani beradi.
Sunʼiy bugʻdan foydalaniladi
Reklamada koʻrsatiladigan bugʻi chiqib turgan taom aslida issiq emas. Bir qancha mohir ayyorliklarni qoʻllab, shunday koʻrinishga erishish mumkin:
*bugʻlantiruvchi moslamani taom atrofida aylantirib oʻtiladi;
*paxtadan dumaloqchalarini hoʻllab, mikrotoʻlqinli pechda yaxshilab isitiladi, soʻngra ular taom orqasiga qoʻyiladi. Isitilgan paxtadan bir necha minut bugʻ chiqib turadi. Bu vaqt ichida esa suratkash oʻz ishini bitirib oladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



