Limonning biz bilmagan xususiyatlari

Limon foydali meva ekanligini bilamiz. Biroq undan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin ekan. Quyida limonning siz bilmagan yangi foydali xususiyatlari haqida maʼlumotlar keltiramiz.
1.Limondan tayyorlangan universal yuvish vositasi

Ushbu yuvish vositasini tayyorlash uchun bitta limonning poʻstlogʻi artilib, biror idishga solinadi, ustidan 150 ml uksus quyiladi. Kechasi bilan tindiriladi. Ertalab unga 150 ml suv qoʻshiladi. Tayyor boʻlgan yuvish vositasini maxsus suv purkagichli boʻsh idishga solib, istalgan narsalarning yuza va sathini yuvishda foydalanish mumkin.
2.Taxtakachlarni tozalash vositasi

Taxtakachingiz yana yangiday koʻrinishini istasangiz, unga tuzni sepib, soʻngra limon bilan ishqalashingiz kerak. Uni yuvib boʻlganingizdan keyin 10-15 daqiqadan keyin muolajani qaytarishingiz lozim.
3.Limonning kiyimlarni oqartirish xususiyati

Kiyimlaringiz qordek oppoq koʻrinishini istasangiz, ularni yuvishdan oldin limon suvi va osh sodasi aralashmasiga 30 daqiqaga boʻktirib olish zarur.
4.Limonning tirnoqlar manikyuridagi foydasi

Limon suvining bir necha tomchisi bilan tirnoqlaringizga ishlov bersangiz, ular mustahkam boʻladi.
5.Sepkillarga qarshi vosita

Agar yuzingizda sepkillar yoki pigment dogʻlar boʻlsa, ularni har kuni limon sharbati bilan artib tursangiz, ular rangsizlanadi.
6.Limonning ovqat-hazm qilishdagi foydasi

Muntazam ravishda limon sharbati va asal qoʻshilgan suvni ertalab nahorga ichib turilsa, hazm qilishni yaxshilash hamda immunitetni oshirish mumkin.
7.Limon dasturxonda

Agar dasturxonga qoʻlda yeyiladigan taomlar tortilsa, albatta qoʻlni yuvish uchun kichikroq piyolada limon sharbati qoʻshilgan suv qoʻyiladi.
8.Uy-roʻzgʻor texnikasini tozalash

Muzlatgich limon sharbatida hoʻllangan lattada artib chiqilsa, undagi noxush hidlardan halos qiladi. Shuningdek limon sharbatini idish yuvish mashinasiga ham qoʻshish mumkin. Agar havo namlagichga ozgina solinsa tabiiy xushboʻylagich boʻladi.
9.Limon koʻchat uchun tuvak vazifasida

Suvi siqib olingan limonning yarim pallasida koʻchat yetishtirish ham mumkin. Soʻngra koʻchat yetilgandan keyin uni yerga shu turishi boʻyicha koʻchirsa boʻladi.
10.Oyoq-kiyimning noxush hididan halos boʻlish

Sport oyoq-kiyimiga solib qoʻyilgan limon poʻstlogʻi undagi noxush hiddan xalos etadi.
11.Limon shamdon vazifasida

Limon yoki apelsinning yarim pallasidan shamdon sifatida foydalansa ham boʻladi. Buning uchun ichidagi mevasi olib tashlanib, oʻrniga mum solinadi. Pilik esa shamdon tubiga yopishtiriladi.
12.Zanglamaydigan buyumlarni tozalash

Zanglamaydigan poʻlat va mis idishlarni limon poʻstlogʻi hamda osh sodasi bilan tozalash mumkin.
13.Meva dogʻlarini ketkazish

Qoʻldagi meva dogʻlarini limon yordamida osongina ketkazish mumkin. Shuningdek kiyimdagi dogʻlarni ketkazsa ham boʻladi. Buning uchun kiyim sovuq suvda yengil yuviladi, soʻngra limon suvida ivitib qoʻyiladi.
14.Limon hasharotlarga qarshi

Chumolidan qutulmoqchi boʻlsangiz, ostona va deraza tokchalariga ozgina limon suvidanidan tomizib chiqish kerak. Chivinlardan xalos boʻlish uchun esa qalampir munchoq donachalarini limonning yarim pallasiga sanchib chiqish lozim.
15.Organizmni musyahkamlash

Limon osh sodasi bilan birgalikda organizmga foydalidir: hazm qilishni yaxshilaydi, toksinlardan xalos qiladi, xolesterin miqdorini normallshtiradi, jigarni tozalaydi hamda C vitaminiga boy. Bir stakan mineral suvga osh sodasi va yarimta limonning suvi qoʻshib, nahorga 2 hafta davomida ichish kerak. Biroq shuni aytib oʻtish kerakki, bu vosita gastrit, gipertoniya va boshqa yurak qon-tomir kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



