Sayohat

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 105  000 $

Blue Marble Private Britaniya agentligi 2018 yilda boʻlib oʻtadigan, botib ketgan “Titanik”ga sayohat uchun chipta sotishni boshlab yuborgan. Sayohat narxi “Titanik” ning birinchi klassga chipta narxigaekvivalentdir (4300 $ 1912 yilda), ammo sayohat darajasi avvalgidek emas: 4000m li 3 soatli shoʻngʻish maxsus uglevodorod tolali va titanli batiskafda amalga oshiriladi. Xuddi shu kabi bir nechta shoʻngʻishlar boʻladi, va birinchisiga allaqachon chiptalar sotilgan.

Bu kabi sayohatlar har 5 yilda bir marta tashkil qilinadi, va oxirgisi 2012 yilda Deep Ocean Expeditions kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan edi, ammo unga chiptalar 2 barobar arzon edi. Narxlar koʻtarilishining sababi ayon: 2016 yilda 15 yil ichida kemani toʻliq vayronaga keltiradigan bakteriya topilgan. Shu uchun yaqindagi sayohat “Titanik” uchun oxirgisi boʻlib qolishi ham mumkin.

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 15 000 $ dan

Vilyarrika vulqoni – Janubiy Amerikaning eng aktiv vulqonlaridan biri, uning balandligi 2 847 m. Vulqon tarixidagi eng koʻptinch turgan davomiyligi – 30 yil, va oxirgi eng katta otilishi 2015 yil 3 martkuni sodir boʻldi. Ogʻizdan chiqayotgan lavaning balandligi 1 km gacha yetardi.Vulqon 2016 yilda ham aktiv holatni koʻrsatgan, shu sababli Vilyarrika –harakatda boʻlgan vulqon ogʻzi ichiga bandji bilan sakrash mashq qilinadigan dunyodagi yagona joydir. Sakrash, kraterdan 200 metr balandlikda parvoz qiluvchi vertolyotdan amalga oshiriladi. Sakrashning eng past nuqtasi –qaynayotgan lavadan 40 metr balandlikdadir.

Vulqon ogʻziga sakrashning narxi besh yulduzli mehmonxonada tunash kiritilgan 6 kunlik sayohat narxi ichiga kiradi.   

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 3 000$ dan

“Tornado hiyoboni” – bu AQSH dagi atmosfera gidroblarieng koʻp uchraydigan joy nomi. Bu girdob yoʻliga Amerikaning 13 shtati kiradi,va koʻpincha tornadoni Texasda uchratish mumkin. Jami bir yilda Amerikada minglab tornadolar sodir boʻlishi kuzatilgan. Mavsum iyunda boshlanib, dekabda tugaydi. 

Odatda, tornadoni mikroavtobus ichida boshqa dadillar orasida oʻtirib kuzatsa boʻladi, lekin shaxsiy uchrashuvni ham tashkil qilish mumkin. Tornado bilan uchrashishni tashkil qiluvchi agentliklar qatorida - ExtremeTornado Tours, Storm Chasing Adventure Tours va Silver Lining Tours.

 

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 850 $

Sekim shahrida samolyot parvozi vaqtida uning qanoti boʻylab sayr qilish imkoniyati bor. Oyoqdagi xavfsizlik troslari va maxsus mustahkamlagichlar parvoz vaqtida qanot boʻylab yurish, turish yoki undayotishga imkon beradi. Uchish tezligi 250 km/s ni tashkil qiladi, samolyot hambu vaqtda turli xil manyovrlarni amalda bajaradi. “Oʻlik tugun”, qattiq boʻyiga tushishlar va koʻtarilishlar va hatto oʻq atrofida 360 gradusli burilishlarni boshdan kechirishga toʻgʻri keladi.

 

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 300$

Xuashan – Xitoydagi 5 ta daosizm ilohiy togʻlarining biri. Shimoliy togʻ choʻqqisidan (1614 m) Janubiysiga (2154 m) koʻtarilish 14km dan iborat, yoʻlning bir qismi maxsus tayyorlangan zinalar orqali oʻtiladi, va qolgan masofa esa – 3 ta quruq taxtadan iborat, dunyodagi eng xavfli yoʻlakcha “oʻlim yoʻlakchasi” boʻylab yurishdir. Toqqa biriktirilgan zanjirni ushlashgatoʻgʻri keladi chunki hech qanday boshqa himoya mavjud emas. Har bir ekstremalga butun yoʻl boʻylab oʻtuvchi arqonga bogʻlangan tros va karabinli kamar beriladi. Mardlik uchun yutuq – vodiy, cherkov va qadimiy masjidlarni ochib beradigan unutilmas manzaralardir.

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 225 $

Si-En Tauer – dunyodagi eng baland binolardan biri. Uning balandligi 553,3 m ni tashkil qiladi, va duynodagi eng baland teleminoralar roʻyxatida Si-En-Tauer 3 oʻrinni egallaydi. 2011 yilda minoraning 35-yilligiga bagʻishlab, EdgeWalk (“chet boʻylab yurish”) nomli ekskursiya tashkil qilishga qaror qilindi. Minor atrofidagi parapet boʻylab 365 mbalandlikda barcha xohlovchilar oʻtishi mumkin. Xavfsizlik trosining bir uchi tashrif buyuruvchilarga beriladigan maxsus kiyimga biriktiriladi, va boshqa uchi uning badanini saqlab turish uchun metal tuzilmaga tutashtirib qoʻyiladi. Xullas, kengligi 1,5 metr boʻlgan parapet chetiga dadil turib, qoʻllarni kengtashlab, qush parvozi balandligida Kanadadan toʻligʻicha bahra olish mumkin.

 

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 120 $

Gansbay – Keyptaunga yaqin joylashgan baliq ovi keng tarqalgan, kichik bir shaharcha. Bu joyni yana “oq akulalar poytaxti” deb hamatashadi. Gansbay yovvoyilar ichida bunday mashhurlikka erishgani uchun Dayer qirgʻogʻidagi dengiz mushuklari uyasiga raxmat aytishi kerak, chunki aynan oʻshalarni akulalar ov qilib yurishadi. Katta oq akulalarni xohlagan mavsumda uchratish mumkin.

Mahalli korxonalar - Dyer Island, Mossel Bay, FalseBay – ruxlangan poʻlatdan qilingan qafas ichida akulalar bilan shoʻngʻishni tashkil qilishadi. Vaqt boʻyicha bu 10-15 daqiqani oladi, va qafas ichiga birmartaga 6-8 kishi sigʻishi mumkin. Odatda akulalar bu kabi qafaslarga hujum qilishmaydi, lekin baribir qafasni oʻrtarogʻida turish afzalroq. 

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari

Narxi: 1 $

2 660m balandlikda joylashgan Banyos parkida dunyodagi eng ekstremal, 600-metrli qoya yonida joylashgan argʻimchoqlar bor. Tuzilmasi standart shaklda: metal trubada biriktirilgan ikkita arqonda osilib turadigan taxta. Lekin argʻimchoqda faqat kaska va xavfsizlik kamarlari bilangina uchishga ruxsat berilgan. Ammo bu ham toʻliq xavfsizlikka kafola tbermaydi. Park tarixida bironta noxush hodisa boʻlgani kuzatilmagan. “Parvoz”paytida vodiyga va Tunguraua vulqoniga takrorlanmas manzara ochib beriladi. Shaharda yashovchilar asosan turistlar hisobidan kun kechiradi, shuning uchun mahalliy fuqarolardan xohlagani sizni parkgacha yoʻl-yoʻlakay tashlab ketishi mumkin.

 

Koʻngilochar mashqlarning eng xavfli turlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar