“Meni toʻligʻicha buzib tashla”: muzeyga tashrif buyuruvchilarga 170 ming $ li Lamborghini da oʻz mahoratlarini koʻrsatishlari uchun imkon berildi

Daniyaning Orxus degan shahrida “Zamonaviy sanʼat muzeyi” nomidagi juda bir koʻzga namoyon madaniy muassasa mavjud. U yerda yaqinda qiziq bir eksponat paydo boʻldi – superkar Lamborghini Gallardo, va uning hozirgi vaqtdagi narxi 170 ming AQSh dollari. Bu mashinaning sanʼatmuzeyida turishi – juda ham qiziq savol- ammo unga javob undanda qiziqroq.Mashinani u yerga tijorat maqsadida emas, balki sanʼatni yaratish maqsadida qoʻyishdi. Gap shundaki, muzeyga tashrif buyuruvchilariga xushmuomala ohangda, bu ajoyib (yoki qachonlardir “ajoyib” boʻlgan) mashinani qanday qilib va nima vositasida boʻlsada qirib qoʻyishni taklif qilishadi.

Rasmlarga qarab osonlikcha aytish mumkinki, mashina hozirgi kunda eng yomon ahvolda. Axir uning kuzovi koʻpgina qirishlardan iborat va ularning har biri muassasa tashrif buyuruvchisi tomonidan qilingan. Yetarlicha quvnoq va shu bilan birga beodoblik bu, axirmuzey mehmonlari mashinani kalit (va boshqa predmetlar) bilan qirib tashlashadi, garchi bu ish zamonaviy sanʼatga fidokorona boʻlsada.



Lamborghini ni shu mohir yoʻl bilan buzib, vayron qilish fikri rassom Dolk Lundgrenga mansub. Rassom oʻzining graffitilari bilan mashhur, va bu yangi “avtomobilli” ekspozitsiyasi bilan esa insonlar qanchalik olamda sodir boʻlayotgan ishlarga taʼsir qilishlarini koʻrsatish uchun yaratdi. Qoʻshish kerakki, hozirda superkarni oʻz xohishizga binoan qirish mumkin emas. Buni ekspozitsiya ochilish kunidan uch hafta mobaynida amalga oshirish mumkin edi. Muddat oʻtishi bilan Dolksanʼat asari “tayyor” deb, unga yoʻlni berkitib qoʻydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



