Sayohat

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

    Insoniyat tarixi mobaynida yopiq jamiyatlar va maxfiy joylar mavjud boʻlib kelishi xech kim uchun sir emas. Kimgadir bular xammasi oʻtmishda qolgandek tuyulishi mumkin. Ammo bu unchalik xam toʻgri emas. Bugungi kunda insoniyat jamiyatida sirlilik yanada koʻpayganga oʻxshaydi. Buning tasdigʻi boʻlib 15 ta qiziqarli lekin juda xam kirish qiyin boʻlgan joylar haqidagi saralangan toʻplam xizmat qiladi.

15 oʻrin. AQSH, Djorjiya shtati, Koka kola resepti siri saqlanuvchi yertoʻla.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

Mana100 yildan ortiq vaqt ichida “Koka kola” kompaniyasi alkogolsiz ichimliklar bozorida dunyo yetakchisi boʻlib kelmoqda. Kelajakda ham bu narsa oʻzgarishi amri mahol boʻlsa kerak, chunku u oʻz sirlarini astoyidil 125 yil saqlab kelmoqda. Bu sirli reseptni kompaniya Atlantadaga juda sinchikovlik bilan qoʻriqlanadigan yertoʻlalarning birida saqlaydi. Ekskursiya uchun bu “muqaddas” joyga kirish mumkin boʻlsada, bu degani resept sirini koʻra olish imkoniyati borligini anglatmaydi.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

14 oʻrin. Norvegiya – Shpisbergendagi xalqaro urugʻlar saqlash joyi

Shpisbergendagi xalqaro urugʻlar saqlash joyi oʻziga xos Nux kemasini vazifasini bajaradi. Lekin faqat urugʻlar uchun. Turli xil madaniyat va millatlarga havf soluvchi falokatlarni insoniyat yengib oʻta olishi uchun bu urugʻlar saqlanish joyi qurilgan edi. U bizda qandaydir ekstraordinar xalokat yuz bersa ham ekinlarni tiklay olishimizga kafolat beradi. U yerga kirish mutlaqo amalga oshirib boʻlmas ish, ammo vizual sayr qilib chiqish imkoni bor.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

13 oʻrin. AQSH Virdjiniya shtati – Maunt Ueter shoshilinch operasiyalar markazi

Maunt Ueter markazi dunyodagi eng kuchli qoʻriqlanadigan obʼektlardan biri boʻlib, sayyoramizda roʻy berisgi mumkin boʻlgan shoshilinch vaziyatlarda, ayniqsa hukumatlarning yuqori toifali amaldorlari bilan yuz berishi mumkin xollada markaz muhim rolga ega. 2011 yil sentyabrida Dik Cheyni Nyu Yorkda teraktlar sodir etilayotgan vaqtda bu markazga maksimal havfsizlikni taʼminlash uchun etkazilgan edi.

Markaz Sovuq urush yillari davrida tashkil etilgan boʻlib, Vashingtondan bir nechadaqiqa uzoqlikda joylashgan. Bu yer usti va osti inshoati boʻlib, oʻz oʻtuchiruvchi va polisiya boʻlinmalariga ega. Bu yerda oʻz qonun qoidalari amal qilib, kuchli qoʻriqlash tizimi sababli xech kim uning xattoki yaqiniga xam yaqin yoʻlay olmaydi.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

12 oʻrin. Avstraliya – Vumer poligonining taqʼiqlangan hududi

Xarbiy obʼekt boʻlgani sababli yerdagi eng katta sinov Vumer poligoni hududiga kirish qatʼiyan man qilingan. Agarda kimda kim xarbiy obʼektga kirib qolsa, u oʻz hayotini juda katta havfga qoʻyadi, chunki havfsizlik tizimi uni dushman deb qabul qiladi. Poligon Avstraliya xarbiy kuchlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ular turli xul qurollarni sinovdan oʻtqazishadi. Bundan tashqari poligonda foydali qazilma boyliklari zahiralari bor. U mamlakatni kelajakda moliyaviy tomonlama taʼminlashi mumkin.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

11 oʻrin Braziliya – Yavari rezervasiyasi

Yavari rezervasiyasi Amazonkaning jungli zonasi boʻlib, tuzem xalqlari yuzlab yillar mobaynida izolyasiyada bu yerda yashab kelmoqdalar. Bu hudud jungli ichiga shu darajada kirib ketganki, ularni faqat odamlarning aktiv faoliyati tushurilgan sputnik surʼatlar yordamidagina aniqlash imkoni boʻlgan edi. Mutahassislar bu yerga etib kelganlarida esa, ular ishlov berilgan dalalar va hosil etilgani guvohi boʻldilar. Bu qabilalarning havfsizligini taʼminlash maqsadida hukumat maydoni 77 000 km kv dan ortiq bu yerlarga kirishni man etib qoʻydi.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

10 oʻrin. AQSH, Nevada shtati – 51 Hudud

51Hudud oʻzga sayyoralikalar mavjudligi masalasiga bevosita tegishlidir. Koʻpyillar davomida hukumat bu harbiy baza borligini inkor etib kelganlar. Bir qancha maʼlumotlarni maxfiylikdan chiqarib, ommaga taqdim etilishidan keyin ham inkor etish davom etmoqda.

Ayniqsa, bu oʻzga sayyoralik hayot formalari va faoliyati bilan bogʻliq izlanishlarga oid. Baza tomon olib boruvchi yoʻlda juda koʻp taʼqiqlovchi belgilar boʻlib, obʼekt kuchli qoʻriqlash tizimi ostidadir.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

9 oʻrin. Belgiya koʻrfazi, Andaman orollari – Shimoliy Sentinel oroli

Shimoliy Sentinel oroli Hind okeanidagi eng goʻzal orollardan biridir, ammo u yerga xech kim bora olmaydi. Bu turdagi orollarning koʻpi nihoyatda goʻzal sohillarga ega boʻlsada, oʻtib boʻlmas oʻrmonlar bilan qoplangandir.

Muammo shundaki, mahalliy aholi begonalarni oʻz hududiga kirishiga yoʻl qoʻymasligidadir. Ular hattoki odam oʻldirishlari ham mumkin. Mahalliy aholi sivilizasiya bilan xar qanday aloqalarni rad etishadi. U yerliklar shu darajada ibtidoiyki, tepelaridan uchib oʻtayotgan vertolyotlarga olov va nayzalar otishadi. Hind hukumati mahalliy aholi haq huquqlarini hurmat qilishadi va ularning daxlsizligini taʼminlab beradi. Bu choralar tuzem xalqi bilan aloqalar havfi yuqoriligidan hamdir.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

8 oʻrin. AQSH, Yangi Orlean – Disney klubi 33

Disneylendda Klub 33 mahfiy jamiyat bor boʻlib, u haqida faqat uning aʼzolari maʼlumotga egadirlar. U Uolt Disney tomonidan 1967 yili mahfiy jamiyat sifatida asoslangan boʻlib, uning aʼzolari Disneylendga kelgan siyosatchilar, mashhur yulduzlar,investorlar boʻlgan.

Bu klubni topish juda qiyin, uning joylashuvi haqida xech yerda maʼlumot yoʻq. Mabodo uning joylashgan joyini topsada, uning ichiga kirish imkoni faqatgina personal taklifnomasi bor odamgagina nasib etadi.

Koʻpchilikni bu klubga aʼzo boʻlishdan hayqitib turuvchi bir masala bu aʼzolik badali boʻlib,u 25 000 dollarni tashkil etib, har yillik badal 10 000 dollar miqdorida va 14 yil oldinga navbat ham borligidir.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

7 oʻrin. Angliya, Uaytning djentelmenlar klubi

Uay tdjentelmenlar klubi – xattoki klub mavjudligi haqida odamlar 320 yildan beri xabardor boʻlsalarda, Angliyaning eng mahfay jamiyatidir. U faqat elita tabaqasidagi erkaklar uchungina ochiq boʻlib, ayollar va oddiy odamlar uchun klubga aʼzo boʻlish taʼqiqlangan.

Klubdagi aʼzoligini tugata olgan yagona inson bu Buyuk Britaniya bosh vaziri DevidKemeron boʻldi. U oʻz qarashlari va klub aʼzolari qarashlarining zidligini anglab yetdi.

Bu klub djentelmenlarniki boʻlishiga qaramay, uning aʼzolarni kazinolarda girt mast holatida uchratish ham mumkin. Klubga aʼzo boʻlish qirolichadan risarlik unvonini olishdek qiyin.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

6 oʻrin. Shimoliy Koreya, Pxenyan – Raqam 39

Dunyodagi deyarli barcha hukumatlar mahfiy jamiyatlar yoki “qabih ishlar” bilan bogʻliq boʻlgan. Shimoliy Koreya hukumati Raqam 39 tashkiloti (Byuro 39, Qism 39) faoliyati bilan bogʻliq.

Turli manbalar hukumat va bu tashkilotning giyohvand moddalar sotish va moliyaviy firibgarliklar bilan bogʻliq noqonuniy ishlari haqida gap olib bormoqdalar.

Bu hamkorlikdan olingan pullar yadro quroli ishlab chiqish va davlat rahbarlarining shohona hayot kechirishlariga yoʻnaltirilmoqda.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

5 oʻrin. Rossiya, Boshqortoston – Mejgorye

Rossiyadagi bu shahar eng oʻzga xos shahar deb hisoblanadi.Mejgorye – bu yopiq shahar, unda mahfiy tashkilotlarda ishlaydigan odamlar yashaydi. NATO da shahar aholisi yadro quroli ishlab chiqarishga aloqador deb hasoblashadi. U Sovuq urush yillari davrida asoslangan boʻlib, xozirgacha funksionaldir. U yerga maxsus ruhsatnomasiz kirishning imkoni yoʻq.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

4 oʻrin. Islandiya – Syurtsey

Syurtsey– bu Islandiya sohillaridan uzoqda boʻlmagan va 1963 yili 14 fevralda dengizdagi vulqon otilishi hisobiga paydo boʻlgan oroldir. Dengiz ostidagi vulqondan 3.5 yil davomida lava otilib chiqishni davom ettirgan boʻlib, hududi1.4 km kv ga teng orolni vujudga keltirgan. Ammo dengizdan toʻlqinlar orolning hududini eroziya proseslariga uchratib kamaytirib bormoqda.

Bu yer flora va faunasini oʻrganish ilmiy tadqiqot ekspedisiyalari uchun juda jozibador joy, ammo orolda odamlarning qadam qoʻyishlariga uning tabiati toʻsqinlik qilmoqda.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

3 oʻrin. Avstraliya – “Payn gep”

“Payngep” – bu Avstraliyaning oʻta mahfiy xarbiy bazasi boʻlib, keng ommaga uning faoliyati haqida koʻp narsa maʼlum emas. Aytishlaricha u yerda uchuvchisiz uchar apparatlarni sinovdan oʻtkazishar ekan.

Baza1970 yili asoslangan boʻlib, avstraliya hukumati u toʻgʻrisida ogʻiz ochishni hush koʻrmaydi. Baza hududida koinotdan keluvchi signallarni shu bilan birga josuslar sputniklaridan keluvchi signallarni ham kuzatib turuvchi radar qurilmalari bor. Bazaga kirish qatʼiyan man etilgan.

Kirish taʼqiqlangan: aslo kirish mumkin boʻlmagan 15 ta qiziqarli joylar

2 oʻrin. Ukraina – Pripyat  

Ukraina yadro yogilgʻisini tinchlik maqsadlarida ishlatuvchi davlatlardan biridir. Biroq Chernobil halokati sayyoramiz butun jonzotlari uchun yadroning qanday katta havf olib kelayotganini koʻrsatib berdi.

Pripyat shahri Chernobil atom stansiyasida halokat yuz bergan kunga qadar zamonaviy, rivojlanayotgan, gullayotgan  joy edi.

Bugungi kunda Pripyatda yuqori radiasiya miqdori sababli yashash mumkin emas. Bu yerga faqat maxsus xizmat kuzatuvi ostidagina kirish mumkin. Ruxsatnomasiz Pripyatskga kirish iloji bor, ammo bu hayot va sogʻliq uchun oʻta haxfli.

1 oʻrin. Braziliya – Ilonlar oroli

Braziliyadagi ilonlar oroliga borishdan oʻzini tiygan maʼqul. Birgina uning nomi koʻp narsani oydinlashtiradi. U orolda 4 000 tagacha ilonlar bor boʻlib, ular qushlar bilan ozuqalanadilar va ularning zahri odamni bir necha daqiqa yoki soatda oʻldiradi. Orolga tashrif etishni Braziliya hukumati ham taqʼiqlab qoʻygan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar